|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 408/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KAMBAG‘ALLIK CHEGARASI – bu ba’zi mamlakatlar bo‘yicha o‘rtacha daromaddan ikki hissa kam bo‘lgan daromad deyilsa, boshqa davlatlarda u o‘rtacha daromadni 3 dan 2 qismiga teng kelishi kerak deb taxmin qilinadi.
KAM ISHLAB CHIQARISH IQTISODIY INQIROZI – bu vaziyatda ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida ishlab chiqarish bilan aholi ehtiyojlari nomuvofliqligi yuzaga keltirgan nisbatlar buziladi: to‘lovga qodir talab bozordagi tovarlar taklifi hajmidan oshib ketadi. Inqirozning bunday turi bozor yuksak darajada monopollashgan, raqobat mehanizmlari mavjud bo‘lmagan ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti uchun xosdir.
KAMBAG‘ALLIK CHEGARASI, NISBIY KAMBAG‘ALLIK CHEGARASIDAN QUYIDA YASHAYOTGAN AHOLI — rasmiy kambag‘allik chegarasidan quyida yashayotgan aholining foizlardagi ulushiga taalluqlidir:
Kuniga 1 AQSh dollari — 1985 yilgi xalqaro narxlarda berilgan bo‘lib, AQSh dollarining xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan (1993 yilgi xalqaro narxlarda 1,08 AQSh dollariga teng yoki 2005 yilgi xalqaro narxlarda 1,25 AQSh dollariga teng).
Kuniga 2 AQShdollari — 1985 yilgi xalqaro narxlarda berilgan bo‘lib, AQSh dollarining xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan (1993 yilgi xalqaro narxlarda 2,15 AQSh dollariga teng). Kuniga 4 AQSh dollari — 1990 yilgi xalqaro narxlarda berilgan bo‘lib, AQSh dollarining xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan.
Kuniga 11 AQSh dollari — 1994 yilgi xalqaro narxlarda berilgan bo‘lib, AQSh dollarining xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan (uch kishidan iborat bo‘lgan oilaning har bir a’zosi uchun).
KAMBIO – (ital.) – 1) qarz xati, veksel; 2) qarz hujjati, veksel.
KAMBIST (ingl-Cambist) – 1) valuta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvhi mutaxassis, kambizm bilan shug‘ullanuvchi shaxs. Odatda kambist nodavlast federal bankning yuksak malakali, kredit-bank siyosatini ishlab chiquvchi mutaxassis sanaladi; 2) veksel operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi chet el tangalari birdan savdo qiluvchi shaxs; 3) K (ital.) — xorijiy monetalarda veksel operatsiyalari va savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
|
| |