|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 404/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JORIY KON’YUNKTURA – muayyan davrda tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning tarkibi, dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui. Joriy kon’yunktura ayni davrdagi milliy va jahon iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik vaziyatni ifodalaydi.
JORIY LIKVIDLIK KOEFFISIENTI - u aylanma aktivlarga qo‘yilgan moliyaviy resurslarning necha so‘mi joriy majburiyatlar bir so‘miga to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. U joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati tariqasida aniqlanadi.
JORIY OPERATSIYALAR BALANSI TAQCHILLIGI – tovar va xizmatlarning eksport miqdori tovar xizmatlarining importi uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi.
JORIY TALAB (ingl. Current demand) — iste’molchilarning mahsulot yoki xizmatni ayni pallada unga nisbatan amal qilayotgan bozor narxini to‘lab sotib olish layoqati va tayyorligi.
JORIY XARAJATLAR; DOIMIY XARAJATLAR; BARQAROR XARAJATLAR (ingl. Overhcads) — korxonani ta’sis etish, korxona yoki kompaniyani boshqarish, ishlab chiqarish, distributsiya va hokazo xarajatlarni o‘z ichiga oluvchi chiqimlar. Korxona tomonidan taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar pirovard narxini tayinlayotganda inobatga olinadi. Biroq kompaniya uning mahsulotlari sotilishi yoki aksinchaligidan qat’i nazar barqaror xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Jumladan, soliqlar, ijara haqi, elektr isitish, telefon, ekspluatatsiya xarajatlari, oylik ish haqi, mahsulotlarni omborlarda saqlash va boshqalar.
JOY MARKETINGI (ingl. Marketing of Locations) — maqsadi auditoriya tomonidan munosabatlar, ko‘z qarashlar, baholashlarni yaratish, saqlab turish yoki o‘zgartirilishi maqsadiga qaratilgan marketing turi. Yer mulki, turarjoy, xo‘jalik binolari qurilishi zonalari, dam olish joylari va investitsiyalar ana shular sirasiga kiradi.
JURNALISTLARGA TARQATISH UCHUN MATERIALLAR TANLASH — muharrirlik ishi, OAV bilan o‘zaro munosabatlar, jamoatchilik bilan aloqalarda muhim o‘rin tutadigan jarayon; matbuot anjumanlarida va ko‘rgazmalarda jurnalistlarga tarqatish uchun mo‘ljallangan, komplektlar yoki paketlarga jamlangan turli axborotli materiallar. Materiallar pressrelizlar, fotosuratlar, kompakt-disklar, video va audiokassetalar, mahsulotlar namunalari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi kerak deb hisoblagan hamma narsani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bunday materiallar matbuot uchun paket deb ham ataladi.
|
| |