• JO‘NATMALAR RO‘YXATI
  • JO‘SHQIN SAVDO; QIZG‘IN SAVDO
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet405/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    JYURI (fr.) — 1) bozordagi vaziyat to‘g‘risida uzil-kesil baholash va xulosa qilish uchun kompaniya idorasi tomonidan tayinlangan maslahatchi mutaxassislar guruhi; 2) tanlovlarda, ko‘rgazmalarda va h.k. da qo‘shimcha haq berish va mukofotlash uchun tayinlangan yoki saylangan bilimdon shaxslar guruhi.
    JO‘NATMALAR RO‘YXATI — to‘g‘ridanto‘ g‘ri marketing operatsiyalari o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan familiyalar, adreslar ro‘yxati va boshqa axborotlardir. Kompyuterlashtirilgan ro‘yxat maqsadli auditoriyami aniq-tiniq belgilab olish uchun jo‘natmalar ro‘yxati menejer talab qiladigan istalgan tartibda tashkillashtiradigan, tasniflaydigan va tizimlashtiradigan bir yo‘sinda tuzilgan bo‘lishi kerak. Jo‘natmalar ro‘yxati kompaniya ichida tashkil topishdan to reklama qilish jarayonlarida to‘plangan resurslardan tuzilishi yoki sotib olinishi mumkin. Firma ichidagi ro‘yxatni tuzish rahbariyat tomonidan ancha-muncha sa’y harakatni talab qiluvchi sermehnat va ko‘p vaqtni band qiladigan bir jarayon ekanligini nazardan qochirmaslik kerak. Shunday bo‘lsa-da, jo‘natmalar ro‘yxatlari zarur bo‘lgani uchun sotib olinadi, tez-tez yangilanadi va “tozalab turiladi”.
    JO‘SHQIN SAVDO; QIZG‘IN SAVDO — ba’zan blits-sotuv (sales blitz) va diversiya-sotuv (commando sales) deb ataladi. Mahsulotni o‘tkazish va sotishni tashkillashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha rosa qizg‘in va juda tig‘iz tadbirlar turkumidir. Oldindan tuzib chiqilgan rejaga muvofiq davr davomida amalga oshiriladi. Jo‘shqin savdo raqobat kurashi olib borish, raqobatchilar hamlalariga qarshi turish hamda turg‘unlik davrida savdo darajasini saqlab turish yoki yanada oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

    K


    KABALA - qaytarilishi qiyin miqdorda qarz olgan shaxslar duchor bo‘ladigan og‘ir iqtisodiy qaramlik.
    KABOTAJ (fr.) — bir mamlakat portlari o‘rtasida dengiz orqali yuklar va passajirlar tashish.
    KADASTR - 1) jon boshidan olinadigan soliq to‘lovchilar ro‘yxati; 2) vaqti-vaqtida yoki uzluksiz kuzatish natijasida tegishli ob’ekt xususida struktura, tuzilma ma’lumotlar to‘plami; masalan, suv kadastri-daryolar, ularda o‘tkazilgan tekshirishlar haqidagi ma’lumotlar to‘plami; 3) ko‘chmas mulkni baholash, uni ro‘yxatini yuritish bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkiloti; 4) K. (fr.) — tegishli bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob’ektlarni baholash va o‘rtacha daromadlilik to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlovchi reestr (ro‘yxat). Misol, yer K. tuzishda mamlakatning har xil rayonlaridagi yer uchastkalari sifatiga, joylashgan joyiga va foydalanishga bog‘liq holda guruhlanadi. Har bir guruh uchun qator yillarga yer birligi hisobiga o‘rtacha daromadlilik o‘rnatiladi, boshqa barcha, yer uchastkalari u yoki bu kategoriyaga tenglashtiriladi, buning uchun yer birligidan soliq stavkasi belgilanadi. Yer K. davlat organlari tomonidan mustaqil yoki yer egalari ishtiroki bilan tuziladi. Partsellyar (yoki fransuzcha) yoki real (yoki avstriyacha) K. farq qiladi. Partsellyar K. yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan yer uchastkasining har bir ayrim qismidagi daromadlikni ifodalaydi. Real K. mavjud mulkdor barcha yerlarining jami daromadligini aniqlaydi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.