|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 402/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JIROSENTRALI (ital.) — kommunal omonat kassalari uchun markaziy bank funksiyalarini bajaradigan har xil kredit muassasalari.
JIROO‘TKAZMA - naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazmasi.
JIROCHEK (ital., ing.) — chek beruvchining jirohisobidan chekni saqlovchining schotiga ma’lum pul summasini o‘tkazish to‘g‘risida chek beruvchining bankka buyrug‘ini bildiruvchi cheklar. J. faqat chek bo‘yicha oluvchi va to‘lovchining jirohisobi bo‘lgan bitta bank doirasida naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun foydalaniladi.
JISMONIY SHAXS – 1) O‘zbekiston fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. 2) J.sh. Fuqarolik huquqida jamoani tashkil etuvchi yuridik shaxsdan farqli o‘laroq, fuqarolik huquqining sub`yekti bo‘lgan alohida fuqaro (xorijlik fuqaro, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs); 3) J.sh. iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi va bu jarayonning to‘la huquqli sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs. Jismoniy shaxs o‘zining nomidan ish yuritadi, firma yoki korxona kabi hokimiyatda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod; 4) J.sh. jamoa sub’ekti bo‘lmish huquqiy shaxsdan farqlanadigan fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan fuqaro.
JISMONIY SHAXSLAR — mamlakat fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardir.
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR — daromad solig‘i, fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport vositalari solig‘i, mol-mulk solig‘i, uy-joy solig‘i, meros tariqasida o‘tadigan mulkdan olinadigan soliq va boshqalar), tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qayd etish yig‘imi, boshqa soliq, yig‘im va to‘lovlardan iborat.
JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ — umumdavlat soliqlarining tarkibiga kirib, budjet daromadlarining muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq progressiv xarakterga ega. U quyidagi shakllarda to‘lanishi mumkin: daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan; agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘rinishida; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad soliqqa tortish ob’ektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoki boshqa mablag‘lar, shu jumladan, mehnatga haq to‘tash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromad kiradi.
|
| |