|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 409/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)KAMBIZM (ingilizcha-Cambistry) – 1) valuta operatsiyalari sohasidagi bosh (strategik) yo‘l. Kambizmning mohiyati mablag‘larni boshqa mamlakatlarga ko‘chirilishini samaraliroq yo‘lini qidirib topishdan iborat; 2) K. (ital.) — valuta operatsiyalari strategiyasi. K. mohiyati mablag‘larni boshqa mamlakatga pul o‘tkazishning eng samarali yo‘llarini izlashdan iboratdir. K. eng avvalo portfel investitsiyalari deb ataladigan, ya’ni eng foydali samara olish maqsadida pul mablag‘larini xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga solish bilan uzviy bog‘liq. K. ayni paytda qarzdor davlatning kredit bo‘yicha foiz to‘lash quvvatiga ega bo‘lishi hamda ushbu foiz miqdori maksimal bo‘lishi uchun taqdim etiladigan kreditni ishlash, yo‘nalishlarini va tuzilmasini aniqlashdan iborat.
KAMERALIZM - chetga mahsulot chiqarishni ko‘paytirishga hamda chetdan mahsulot keltirishni chegaralashga ko‘maklashish har qanday mamlakatning manfaatiga xizmat qiladi, degan tushunchaga asoslangan tashqi savdo munosabatlari nazariyasining turi.
KAMNYU (lot.) — fond birjasida ayrim korporatsiyalar aksiyalarini sotib olishda ma’lum shart-sharoit (klauzuala), shunga muvofiq sotib oluvchiga mavjud korporatsiya chiqargan yangi aksiyalarni sotib olish huquqi beriladi. Aksiyalar sotib olish kontraktida ifodalanadi.
KAMOMAD - mol; pul va shu kabilarning tegishli miqdoridan kam chiqqan qismi.
KAMPANIYA — marketing maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan izchil va mufassal tuzilgan sxema. Marketing rejalashtirish va tadbiq etishining barcha bosqichlari mahsulot va xizmatning birlamchi konsepsiyasidan boshlab to ana shu sxema yaratilganidan keyin amalga oshirilgan marketing kampaniyasini o‘tkazishiga reaksiya monitoringigacha unga kiritiladi. Marketing tadbirlari va mahsulot o‘tkazishni rag‘batlantirish barcha elementlari ham kampaniya sxemasiga kiradi, jumladan: mahsulot yaratish, brending, qadoqlash, distributsiya, reklama, bevosita pochta orqali jo‘natma, teledo‘konlar, jamoatchilik bilan aloqalar, sotuvlarni rag‘batlantirish, elektron tijorat metodlari, iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish.
“KANADA” — valuta dilerlari jargonizmida Kanada dollari.
KANBAN — ma’lum texnik jarayon va buyurtmani bajarishning qat’iy o‘rnatilgan kunining aniq berilgan vaqti paytida ishlab chiqarish va buyumlarni yetkazib berishni ko‘zda tutuvchi iste’molchilarni ta’minlash metodi. K. tizimi tugallanmagan ishlab chiqarish, materiallar va yarim fabrikalar zahiralari hajmini keskin kamaytirish imkonini beradi.
|
| |