• ISTE’MOL NARXLARI INDEKSI
  • ISTE’MOL ORTIQCHALIGI
  • ISTE’MOL QILINAYOTGAN ELEKTR ENERGIYASI BIRLIGIGA NISBATAN YAIM KO‘RSATKICHI
  • ISTE’MOL QIYMATI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet360/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISTE’MOL MIQDORI – turmush darajasining muhim jihati, uning davlatlararo farqlanishi, mamlakatlarning iqtisodiy darajasi va ularda iste’mol va jamg‘arishga ketadigan mahsulot nisbatiga bog‘liq.
    ISTE’MOL MUVOZANATI — iste’molchi bir tovarni sotib olishga kamroq ikkinchi tovarni sotib olishga ko‘proq pul xarajat qilib, umumiy foydalilikni ko‘paytira olmaydigan vaziyat.
    ISTE’MOL NARXLARI INDEKSI — bu haridor tomonidan sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar “savatchasi”ning o‘rtacha bahosi bo‘lib, “savatcha”ning hajmi mamlakatdan mamlakatga o‘tgan sari o‘zgarishi, doimiy bo‘lishi hamda muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarib borishi mumkin. Iste’mol narxlari indeksining o‘zgarishi pulning haqiqiy qiymatini, ya’ni uning harid qilish qobiliyatidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.
    ISTE’MOL ORTIQCHALIGI — qandaydir tovar birligiga iste’molchi to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimum baho bilan u haqiqatan to‘lagan real baho o‘rtasidagi farq.
    ISTE’MOL PANELI — iste’molchilar etalon guruhi bo‘lib, tovarlarga berilgan uning bahosi jami iste’molchilar fikrini tavsiflash uchun foydalaniladi.
    ISTE’MOL QILINAYOTGAN ELEKTR ENERGIYASI BIRLIGIGA NISBATAN YAIM KO‘RSATKICHI — YAIMning energiyani tijorat asosida iste’mol qilingan darajasiga nisbati bo‘lib (2000 yil uchun XQT AQSh dollarida), odatda, neft ekvivalent kilogrammlarida o‘lchanadi. Mamlakatlar bo‘yicha iste’mol qilinayotgan energiyaning samaradorligini real YAIMning moddiy xarajatlarga nisbatini (iste’mol qilingan elektr energiya birligida) qiyosiy va izchil baholash orqali aniqlash imkoniyatini beradi. (Qarang: YAIM (yalpi ichki mahsulot) va XQT (xaridorlik qobiliyati tengligi)). Ushbu ko‘rsatkichning vaqt va mamlakatlar bo‘yicha o‘zgarishi iqtisodiyotdagi tarkibiy, uning turli sohalarida energiya iste’mol qilish samaradorligi o‘zgarishlarini va yonilg‘i-energetika bazasi tarkibidagi farqlarni aks ettiradi.
    ISTE’MOL QIYMATI — buyum yoki xizmatning foydaliligi, sifati, uning insonning biror-bir ehtiyojini qondirish qobiliyati. I.q. - bir necha buyumlarda mujassamlashgan bo‘lishi mumkin va aksincha, bitta buyum o‘ziga xos xususiyatlar bilan foydali bo‘lishi, har xil usullar bilan foydalanilishi mumkin. I.q. - jami ularning ijtimoiy shaklidan qat’i nazar boylikning buyum mazmunini tashkil etadi. Ular insonning rivojlanishi va taraqqiyoti uchun shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi. I.q. - ba’zi turlarini tabiat tayyor holda beradi (havo, suv, yovvoyi o‘simliklar mevalari), ammo ularning aksariyati mehnat mahsulotidir. Natural xo‘jalik sharoitlarida I.q.- ishlab chiqaruvchining o‘zi tomonidan foydalaniladi. U boshqalar uchun ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bozor orqali realizatsiya qilinsa, boshqa I.q. - ayirboshlansa tovar hisoblanadi. Bu uning nafaqat ijtimoiy iste’mol qiymatiga, balki almashuv qiymati xususiyatiga ega bo‘lganida yuz beradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.