• ISTE’MOL FONDI
  • ISTE’MOL KREDITI
  • ISTE’MOL KOOPERATSIYASI
  • ISTE’MOL DARAJASIDA DAROMAD ULUSHI SIFATIDA




    Download 0,64 Mb.
    bet359/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISTE’MOL DARAJASIDA DAROMAD ULUSHI SIFATIDA — qator yillar davomida uy xo‘jaliklarining milliy sharhi natijalariga ko‘ra, aholining detsil yoki kvintil kichik guruhlarining daromad hissasidagi iste’mol hajmi tushuniladi. Daromadlarni sharhlash natijalariga ko‘ra, iste’molni sharhlash natijalari boylar bilan kambag‘allar, o‘rtasidagi tengsizlik darajasining kamroqligidan dalolat beradi, chunki kambag‘allar, odatda, o‘z daromadlarining katta qismini iste’mol qiladilar. Mazkur sharhlardagi ma’lumotlar turli usullardan foydalanish natijasida olinganligi va bir necha yillik davrni qamrab olishi bois, mamlakatlar o‘rtasidagi taqqoslashni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish lozim.
    ISTE’MOL FONDI — 1) aholi ehtiyojlarini qondirish va noishlab chiqarish sohasidagi tashkilot va muassasalarni ta’minlash uchun tayinlangan milliy daromadning bir qismi; 2) I.f. - yalpi mahsulotni kishilarning shaxsiy, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga ketadigan qismi.
    ISTE’MOL KREDITI — 1) markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo‘llaniladigan pul siyosati dastagi. U banklar va boshqa maxsus kredit institutlari tomonidan aholining uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun beriladigan kredit; 2) kredit shakli. Aholining iste’mol hojatini qondiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. I.k. - qarzdorlar jismoniy shaxslar, kreditorlar esa kredit muassasalari, korxonalar va tashkilotlar hisoblanadi. I.k.- pul yoki tovar shaklida bo‘lishi mumkin. I.k. - berish va qoplash naqd pulsiz yoki naqd pul orqali amalga oshiriladi. Qoplash shakli bo‘yicha I.k.- bir martalik to‘lov kreditiga va to‘lovi uzaytirilgan kreditga bo‘linadi.
    ISTE’MOL KOOPERATSIYASI — o‘z a’zolari va boshqa fuqarolarni savdo va maishiy xizmatga, kooperativ a’zolarini uy-joy, dala hovli, bog‘ uchastkalari, garajlar va avtomobil uchun qo‘yadigan joylar, ijtimoiy- madaniy va boshqa xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi kooperativ. Ko‘rsatilgan vazifalardan tashqari I.k. har xil ishlab chiqarish faoliyatini ham rivojlantirishi mumkin. Iste’mol kooperatsiyasini tuzish mamlakatning kooperativ korxonalar to‘g‘risidagi qonuni asosida amalga oshiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ISTE’MOL DARAJASIDA DAROMAD ULUSHI SIFATIDA

    Download 0,64 Mb.