|
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING TADQIQOT SOHASI
|
bet | 356/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING TADQIQOT SOHASI – 1) xo‘jalik faoliyati amalga oshirayotgan iqtisodiy hayot yoki muhit; 2) I.n.f.t.s. - iqtisodiy hodisalar, iqtisodiy jarayonlar amalga oshayotgan muhit.
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING TADQIQOT SUB’EKTI - kishilar, ular guruhlari, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va hokazo.
IQTISODIYOT NAZARIYASINING METODOLOGIYASI – xo‘jalik hayoti iqtisodiy hodisalarni o‘rganish metodlari to‘g‘risidagi fan.
IQTISODIYOTNING KO‘P UKLADLILIGI — iqtisodiyotda yirik va bir-biridan farqlanuvchi, har biri yanada mayda sektorlardan iborat tarkibning mavjudligi.
IQTISODIYOTNING OCHIQLILIGI — mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotiga integratsiyalashish darajasi.
IQTISODIYOTNING “QIZIB KETISHI” — iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash natijasida davlat xarajatlarining ratsional chegaradan chiqib ketishi, yuqori inflyatsiya darajasi, xorijiy kapital va importning jadal sur’atlarda o‘sishi, malakali ishchilarni yetishmasligi, sanoat mahsulotlari narxlarining keskin o‘sishi.
IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGI – mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo‘lib, quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning texnik- iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning mavjudligi.
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog`liq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini oladi.
IQTISODIYOTNI TARTIBLASH - bu davlatning undagi turli bo‘g`inlar, soha va tarmoqlar faoliyatining bir-biriga bog`lanishi va mos holda rivojlanib borishi masalasida amalga oshiradigan ma’muriy va iqtisodiy chora-tadbirlari majmuidan iborat. IRR (Internal Rate of Return) - amalga oshirilgan investitsiyadan, kelajakda kutilayotgan pul oqimlarining qaytish darajasini hisoblash.
IRREYTA - hujjatni rasmiylashtirish paytida yo‘l qo‘yilgan arzimas xato to‘g‘rilanganligini tasdiqlovchi imzo. Odatda, bu “to‘g‘rilanganiga ishonilsin” degan yozuv va muhr bilan tasdiqlangan imzo ko‘rinishida bo‘ladi.
|
| |