|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 353/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIY YOKI SOF FOYDA – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
IQTISODIY O‘SISH, SHAFQATSIZ — bu jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlikning kuchayishiga olib keluvchi iqtisodiy o‘sishdir, ya’ni daromadlarning asosiy qismi boy aholi qatlami qo‘lida to‘planadi, kambag‘allar esa yanada qashshoqlashadi.
IQTISODIYOT – 1) cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog`liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligidir; 2) I.– bu ibora grekcha “oikonomia” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, uy xo‘jaligini yuritish san’ati ma’nosini anglatadi. Hozirgi sharoitda uni turlicha talqin qiladilar:
1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki butun jahon xo‘jaligi (masalan: jahon iqtisodiyoti, Rossiya iqtisodiyoti, O‘zbekiston iqtisodiyoti va h.k);
2. Butun xalq xo‘jaligi, ishlab chiqarishning ba’zi sharoitlari yoki unsurlarini (nufuz, mehnat, boshqaruv va h.k.) alohida tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi chorvachilik, ta’lim va h.k.) o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy fan;
3. Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol jarayonida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tarixiy ma’lum majmui, ma’lum iqtisodiy tizimdir; 3) I.- cheklanagan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog‘liqlikda qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim.
IQTISODIYOT BARQARORLASHISHI (lotincha “stabilis”— barqaror) — 1) iqtisodiyotni mustahkamlash, muntazam barqaror holatga keltirish yoki bu holatni ancha uzoq muddat mobaynida saqlab turish; 2) I.b. – tanglik holatlariga barxam berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart – sharoitlarni vujudga keltirishdir; 3) I.b. – iqtisodiy inqirozdan chiqish maqsadida makroiqtisodiy mutanosibliklarni yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
|
| |