• IQTISODIYOTNING BAYNALMINALLASHUVI
  • IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
  • IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING USULLARI
  • IQTISODIYOT TARMOQLARI BO‘YICHA BANDLIK TUZILMASI




    Download 0,64 Mb.
    bet354/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IQTISODIYOT TARMOQLARI BO‘YICHA BANDLIK TUZILMASI — bu sanoatni xalqaro standart tasniflash (SXST) tizimi asosida belgilangan sanoatdagi, qishloq xo‘jaligidagi yoki xizmatlar sohasidagi bandlikdir. Sanoat sohasini shaxtalar va karerlarda foydali qazilmalarni qazib olish, ishlab chiqarish, qurilish va kommunal xizmatlar (gaz, suv va elektr energiyasi) tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligini ovchilik, o‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Xizmatlar sohasiga ulgurji va chakana savdo, restoranlar va mehmonxonalar, transport, omborxonalar va aloqa; moliya, sug‘urta, ko‘chmas mulk va tadbirkorlik xizmatlari, shuningdek, kommunal, ijtimoiy va shaxsiy xizmatlar kiradi.
    IQTISODIYOTNING BAYNALMINALLASHUVI – xalqaro mehnat taqsimoti natijasida ayrim mamlakatlar o‘rtasida barqaror ishlab chiqarish iqtisodiy aloqalarning yuzaga kelishi va ularning jahon xo‘jaligida chambarchas bog‘lanib ketishi.
    IQTISODIYOTNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH — davlatdan bevosita xo‘jalikni boshqarishni olib tashlash, tegishli vakolatni korxona darajasiga berish, mulkdorni almashtirmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan vertikal aloqani gorizontal aloqa bilan almashtirish. I.d.t.ch.- nafaqat davlat mulki shakli boshqasiga almashadi, balki davlat organlari xo‘jalik faoliyati shakllari ham almashadi. I.d.t.ch.- xususiylashtirishga nisbatan keng tushuncha, xususiylashtirish I.d.t.ch.- ayrim vaqti hisoblanadi.
    IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH – qonunchilik, ijro va nazorat qilish xususiyatidan tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
    IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING MAQSADI – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.
    IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING USULLARI – tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
    IQTISODIYONTNI ERKINLASHTIRISH – 1) nima va qancha ishlab chiqarishni qayerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o‘zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotni barcha sohalari va tarmoqlarni erkinlashtirish, xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqillikni ta’minlash tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish barcha shart - sharoitlarni yaratish demakdir; 2) I.e. - mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va turli nodavlat mulklariga aylantirish natijasida jamiyat a’zolari iqtisodiy faoliyatlarini davlat tomonidan cheklashlarni kamaytirish, tadbirkorlikning barcha turlariga keng yo‘l ochish va davlat nazorat organlarining firmalar faoliyatlariga o‘rinsiz aralashishlarini cheklash.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IQTISODIYOT TARMOQLARI BO‘YICHA BANDLIK TUZILMASI

    Download 0,64 Mb.