|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 351/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIY O‘SISH – 1) yalpi milliy mahsulot (sof milliy mahsulot, milliy daromad) yillik miqdorini mutlaq o‘sishidir. 2) I.o‘. - real yalpi milliy mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real yalpi milliy mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sishi; 3) I.o‘. - bu ijtimoiy mahsulot va uni ishlab chiqarish omillarining miqdoran ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashishi bo‘lib, u aholi turmush darajasining o‘sishi bilan tavsiflanadi; 4) I. o‘. - YAIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi; 5) I.o‘. - makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot, sof daromad)larning mutloq va aholi jon boshiga ko‘payishi; 6) I.o‘. -yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot va milliy daromad kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ko‘payishi va sifatining yaxshilanishi; 7) I. o‘. – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning o‘sishi. 8) bu iqtisodiyotda real daromadlarning hamda ishlab chiqarish darajasining oshishidir. Iqtisodiy o‘sish ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning qiymatini ifodalovchi yalpi ichki mahsulot orqali o‘lchanadi. Iqtisodiy o‘sish quyidagilarni anglatadi:
— Mamlakatdagi real mahsulotning o‘sishi;
— Aholi jon boshiga real daromadlarning o‘sishi;
— Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan real daromadning o‘sishi.
IQTISODIY O‘SISH, BANDSIZLIKNING O‘SISHI — bu shunday iqtisodiy o‘sishki, bunda yangi ishchi o‘rinlari yaratilmaydi; ya’ni bunday o‘sish aholi bandligining ta’minlanishiga imkoniyat yaratmaydi.
IQTISODIY HAYOTDAN UZOQLASHISH — bu mulkka egalik qilish, daromad olish va ish bilan ta’minlanish imkoniyatlaridagi tengsizlikdir. Moddiy resurslardan foydalanishning cheklanganligi ushbu o‘lchovda uzoqlashish natijasi deb hisoblanadi. Bunday uzoqlashishning paydo bo‘lishi boshqa o‘lchovli uzoqlashishlarning yuz berishiga sabab bo‘ladi.
|
| |