• IQTISODIY RESURSLAR
  • IQTISODIY RIVOJLANISH
  • IQTISODIY RIVOJLANISH MODELI
  • IQTISODIY SIKL
  • IQTISODIY REGULYATOR (bozor regulyatori)




    Download 0,64 Mb.
    bet347/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IQTISODIY REGULYATOR (bozor regulyatori) - narx-navo. U barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi. Narx pasaysa tovarlar kasod bo‘ladi va ularni ishlab chiqarish pasayadi va to‘xtatiladi. Ular o‘rniga yangi tovarlar ishlab chiqarila boshlaydi. Narx firmalarni bozorbop tovarlar ishlab chiqarishga undab turadi.
    IQTISODIY RESURSLAR - 1) tabiiy, insoniy, moddiy, moliyaviy va intellektual resurslardan iborat; 2) I.r. ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, ko‘r-kutlar, imkoniyatlar va manbalardir; 3) I.r. muayyan mamlakatda mavjud yashash vositalarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalar.
    IQTISODIY RIVOJLANISH – 1) resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yoki tabiiy, ishlab chiqarish va inson kapitalini kamroq sarflab, ko‘proq miqdorda tovarlar yaratish va xizmatlar ko‘rsatish; 2) I.r. ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy va ma’naviy taraqiyotida o‘z ifodasini topadi; 3) I.r. jamiyat taraqqiyotining barcha sohalariga belgilovchi ta’sir etuvchi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, o‘sib borishi.
    IQTISODIY RIVOJLANISH MODELI — mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini aks ettiruvchi murakkab ko‘rsatkichlar tizimi va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik, milliy xo‘jalikning yaxlitligi. IQTISODIY SAMARADORLIK- cheklangan resurslardan unumli foydalanib, tovar va xizmatlarga bo‘lgan jamiyatning cheksiz talabini maksimal qondirishdir.
    IQTISODIY SAVODXONLIK — kishining iqtisodiy bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo‘lish darajasi bo‘lib, unga jamiyat xo‘jalik faoliyatida ongli ishtirok etish imkonini beradi.
    IQTISODIY SIKL – 1) rivojlanish jarayonidagi ko‘tarilish va pasayish xodisalarini o‘z ichiga oluvchi, iqtisodiyotni tebratib turushi bilan ifodalanuvchi davr; 2) I.s. - ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati; 3) I.s. - iqtisodiy rivojlanishning turli fazalardan o‘tib dastlabki fazaga qaytish davri.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IQTISODIY REGULYATOR (bozor regulyatori)

    Download 0,64 Mb.