Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet346/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

IQTISODIY RAQOBAT - mulk shakllarining turli-tumanligiga asoslangan va iqtisodiy sub’ektlarning foydani doimo maksimallashtirishga undalib turiladigan jamiyatlarda iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi aloqalar shakli.
IQTISODIY RAQOBATBARDOSHLIK — milliy iqtisodiyotning xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasida o‘z ta’sir darajasini saqlab tura olish va uni kuchaytirish hamda sharoitga moslashuvchan bo‘lish qobiliyatini ifodalaydi. Mamlakat u yoki bu sohada raqobat imkoniyatlariga ega bo‘lishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim: a) omillarga bog‘liq sharoitlar (arzon narxda ishlab chiqarishning moddiy omillari, malakali ish kuchi; kapital, infrastruktura, texnika yangiliklarining tatbiq etilganligi); b) tarmoq mahsulotiga ichki talab sharoitlari; c) raqobatbardoshlilik sharoitini yaratuvchi yaqin tarmoqlarning mavjudligi; d) firmalarning siyosati, tarmoq ichida va ichki bozorda ular o‘rtasidagi raqobat xususiyati. Bu shart-sharoitlarning har biri mamlakatda mavjud kompaniyalar amal qiluvchi muhitni yaratadi. Mamlakat muayyan sohada raqobatbardosh bo‘lishi uchun yuqoridagi shart-sharoitlarning to‘rttalasi birgalikda mavjud bo‘lishi lozim. Bu shartlarning bitta yoki ikkitasining mavjud bo‘lishi tarmoqning qisqa muddatda va asosan, tabiiy resurslarga bog‘liq tarmoqlarda raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatini beradi, xolos. Mamlakat iqtisodiyotining unda tezkor texnologik va boshqaruv sohasida innovatsiyalar manbai bo‘lgan tarmoqlarning rivojlanishi uchun muhit yaratilganda raqobatbardoshligi oshadi. Har bir mamlakat unda mavjud shart-sharoit va milliy xususiyatlarga bog‘liq tarmoqlarda raqobatbardosh bo‘ladi. Raqobatbardoshlik hayot darajasining o‘sishi uchun sharoit yaratadi. O‘zbekiston sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy raqobatbardoshlik — hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlari qatoridan joy olishning hal qiluvchi shartidir. O‘zbekiston iqtisodiyoti oltin, kumush, uran qazib olish va meva-cheva, sabzavot hamda mineral suvlar bo‘yicha jahon etalonlari darajasida ish olib boradi, o‘zini to‘liq ravishda don va yonilg‘i bilan ta’minlaydi. Yana qator tarmoqlar raqobatbardosh darajaga ko‘tarilmoqda.
Iqtisodiy raqobatbardoshlikka erisholmagan va uni ta’min etolmagan davlat, o‘tmishdagidek, qaramligicha qolaveradi. Chunki, uning ichki bozorini turli chet el firmalari egallab oladi, tashqi bozorga esa bunday davlat chiqolmaydi. Zotan, uning sanoat va qishloq xo‘jalik mahsuloti qimmat va sifatsiz bo‘ladi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.