|
IQTISODIY INTERVENTSIYA (grek., lot.)
|
bet | 342/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIY INTERVENTSIYA (grek., lot.) – boshqa mamlakatlarning xo‘jalik hayotiga qandaydir mamlakatning zo‘ravonlik bilan aralashuvi; tovarlar baholari yoki valuta kursiga (tovar, valuta interventsiyasi) ta’sir ko‘rsatish maqsadida o‘z mamlakati ichida tovar yoki pul bozorida davlatning chiqishi.
IQTISODIY ISLOHOTLAR - iqtisodiy munosabatlarda tub yoki qisman o‘zgarishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar.
IQTISODIY JAMG‘ARISH – 1) milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun foydalanish; 2) I.j. milliy daromad jamg‘arilgan qismini kapitalga aylanishi.
IQTISODIY JARAYONLAR - kishilarning inson sifatida yashamoqlari uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yashash vositalarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish faoliyatlarining namoyon bo‘lishi.
IQTISODIY JAZO – qonun talablarning muntazam ravishda buzilishiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga, tabiiy va boshqa moddiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanayotgan, faoliyat samarasi past bo‘lgan yuridik shaxslar – xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralaridan biri. Yuridik jazo choralaridan farq qilib, muayyan shaxsning aniq-ravshan aybli harakati uchun emas, balki korxonaning salbiy faoliyat natijalari uchun qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 - yil 30 noyabrdagi “Ozbekiston Respublikasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi ahamiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra monopoliya korxonalar o‘zlari uchun belgilangan samaradorlik darajasi oshirilishining har bir foizidan foydadan olinadigan soliq miqdoriga nisbatan 0,5 foiz miqdorida oshiriluvchi koeffitsient joriy etiladi. Ana shunday iqtisodiy jazo choralari tabiiy resurslar (suv, minerallar va h.k.)dan foydalanishda isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilgan boshqa hollarda ham tadbiq etiladi.
IQTISODIY KATEGORIYALAR - 1) jamiyat iqtisodiy hayotining asosiy va keng umumiy tomonlarini aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalardir; 2) I.k. (grek.) ishlab chiqarish munosabatlarining nazariy ifodasi. I.k. iqtisodiy hayotdagi ommaviy hodisalarni umumlashtirish, iqtisodiy qonunlarni bilish imkonini beradi. I.k. tarixiy xarakterga ega bo‘lib, umumiy, xususiy va maxsus kategoriyalarga bo‘linadi. Umumiy kategoriya iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos (ishlab chiqarish, mulk ehtiyoj) xususiy toifalar bir necha sotsial- iqtisodiy tuzumga xos (tovar, narx talab, taklif), maxsus kategoriyalar iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos (ekspluatatsiya, monopoliya, monopol baho va h.k.); 3) I.k. doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real xodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar.
|
| |