• IQTISODIY MUSTAQILLIK
  • IQTISODIY MUTANOSIBLIKLAR
  • IQTISODIY MUVOZANAT
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet344/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IQTISODIY - MATEMATIK USULLAR - integral, korrelyatsiya, regressiya, omillar tizimini determinlashgan modellarda aks ettirish, nazariy o‘yin kabilar.
    IQTISODIY MODEL (grek., fr.) — 1) haqiqatning soddalashtirilgan manzarasi; abstrakt umumlashuv; 2) I.m. – bu tarkibi ob’ektiv xususiyatlar haqida tadqiqotning sub’ektiv maqsadli tavsifi bilan belgilanuvchi iqtisodiy jarayon va hodisani formalashtirilgan tasviri.
    IQTISODIY MUSTAQILLIK — muayyan bir mamlakatning shu mamlakatda mavjud ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy hamda ma’naviy boyliklarga, shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy daromadga va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi. O‘zbekiston misolida iqtisodiy mustaqillik umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat va jamiyat qurilishining xalqaro tajribalariga, milliy an’analarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslangan. Iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashning asosi — mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligi, uning bir maromda muvozanatni saqlagan holda rivojlanishidir. Iqtisodiy barqarorlashtirish — bozorni shakllantirish bo‘yicha qonunlar bilan belgilangan muqarrar jarayon. U tanglik holatiga barham berishga qaratilgan. Bunda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari darajasi o‘rtasidagi muvofiqlikka iqtisodiy qonunlar orqali erishiladi. Bozorda talab bilan taklif o‘rtasida qulay muvozanat yuzaga keladi.
    IQTISODIY MUTANOSIBLIKLAR – 1) iqtisodiyot turli tarmoqlari va sohalari iqtisodiy faoliyat natijalarining o‘zaro miqdor va tarkibiy mos kelishi; 2) iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarining mos kelish darajasi; 3) I.m. iqtisod turli tomonlari va sohalarining bir-biriga miqdor va sifat jihatidan mos kelishi.
    IQTISODIY MUVOZANAT - 1) bu ikki yoki undan ortiq ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi miqdoriy tenglikni tushunamiz; 2) I.m. iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy hodisalar turli tomonlarining bir-biriga (teng va tengsiz) muvofiq kelishi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.