• IQTISODIY IMKONIYAT
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet340/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI – bu ittifoq 1964 yili Eron, Turkiya, Pokiston ishtirokida tuzilgan bo‘lib mazkur integratsiyaning asosiy maqsadi texnika- iqtisodiy hamkorlik qilish hisoblanadi. Keyinchalik bu tashkilotga Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon qo‘shildi.
    IQTISODIY HUQUQLAR — iqtisodiy sohada inson faoliyatini yuridik jihatdan belgilovchi huquqlar majmui. Iqtisodiy huquq va erkinliklarga mehnat qilish huquqi, kasb va mehnat sharoitlar (yaratish) huquqi, xususiy mulkchilik huquqi, bankka qo‘yilgan omonatni sir saqlash huquqi, ishsizlikdan muhofaza huquqi va boshqa huquqlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mehnatga oid qonun hujjatlari har bir shaxsga o‘zining mehnat qobiliyatidan foydalanishni kafolatlaydi va iqtisodiy jihatdan har qanday majbur qilishni hamda mehnat haqini to‘lashda kamsitishni ta’qiqlaydi, shu bilan birga iste’molchi huquqlarining ustuvorligini, tenglik va mulkdorlikning barcha shakllarini muhofaza qilishni kafolatlaydi. Iqtisodiy huquq va erkinliklar O`zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 36- 37 moddalarida ta’kidlangan.
    IQTISODIY IMKONIYAT - mamlakatlarning iqtisodiy resurslari, iqtisodiy jarayonlarning amalga oshish shart-sharoitlari va hokazolar.
    IQTISODIY INQIROZ – 1) bu tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishidir. Inqirozning vujudga kelish sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Iqtisodiyotda retsessiya, ya’ni uzoq muddat davrida ishlab chiqarish hajmining qisqarib ketishi kuzatilib, ayrim hollarda narx darajasining ko‘rarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi. qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi; 2) I.i. ishlab chiqarishning pasaya borishi va quyi nuqtaga tushishi, ishsizlikning orta borishi ishlab chiqarish quvvatlarini bo‘shab qolishi, tovarlarni turib qolishi, bozorning kasodga uchrashi bilan ifodalanadI; 3) I.i. ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi; 4) I.i. (retsessiya) — iqtisodiyotni shunday holatiki, mamlakatning yalpi ichki mahsulotining absolyut hajmi kamida ikki kvartal mobaynida ketma-ket qisqaradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.