|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 348/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIY SIKLLIK — iqtisodiyotning sikllik rivojlanishi va siklning barcha fazalarini bosib o‘tishi.
IQTISODIY SIYOSAT – 1) davlat tomonidan mamlakat oldida turgan yaqin va uzoq kelajakdagi vazifalarga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan hamda oshirilishi mo‘ljallanayotgan iqtisodiy, siyosiy va boshqa tadbirlar yig‘indisi. Ichki iqtisodiy siyosat va tashqi iqtisodiy siyosat amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy siyosat mamlakatda o‘rnatilgan siyosiy rejimga, davlatning rivojlanish yo‘nalishiga muvofiq ravishda tashqi dunyo uchun ochiq, boshqa mamlakatlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilishga (demokratik davlatlarda) yoki tashqi dunyo uchun yopiq, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar davlatning qat’iy nazorati ostida cheklangan doirada olib boriladigan (totalitar, avtoritar tartibdagi davlatlarda) bo‘lishi mumkin. Ichki iqtisodiy siyosat ham siyosiy tizimga, davlat oldida qo‘yilgan vazifalarga mos ravishda turlicha mohiyatga ega bo‘lishi, turli usullarda amalga oshirilishi mumkin; 2) I.s. – ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimi. U jamiyatning, uning barcha ijtimoiy guruhlari manfaatlarini aks ettirishga qaratiladi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga yo‘naltiriladi; 3) I.s.- hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlari tizimidan iborat; 4) I.s.- davlatning yashash vositalarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarini tashkil etish va takomillashtirish chora-tadbirlari.
IQTISODIY SIYOSAT CHORALARI - Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga doir cheklovlar bo‘lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek respublika iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro hamkorligini tartibga solib turuvchi boshqa choralar.
IQTISODIY SOF FOYDA - iqtisodiy sub’ektlar yalpi pul tushumlari bilan barcha xarajatlari o‘rtasidagi tafovut.
|
| |