|
IQTISODIY TUSHUNCHALAR (kategoriyalar)
|
bet | 350/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIY TUSHUNCHALAR (kategoriyalar) - jamiyat iqtisodiy hayotining asosiy va eng umumiy tomonlarini ifodalovchi iqtisod fanlarini o‘rganishda qo‘llanadigan va katta ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar.
IQTISODIY UKLAD — 1) iqtisodiyotning ancha qismini qamrab olgan va nisbatan takror ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining muayyan xili; 2) I.u. – turli mulkchilikga asoslangan xo‘jalik yaratishning shakllari va turlari; 3) I.u. – mulk egaligi va shundan kelib chiqib bir-birlaridan farq qiluvchi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan xo‘jalik sektorlari; 4) I.u. – mulkning turli-tumanligi va shundan kelib chiqib, iqtisodiy munosabatlarning turlichaligiga asoslangan xo‘jalik yuritish shakllari.
IQTISODIY USULLAR - deganda boshqarish ob’ektining moddiy manfaatlarini hisobga olgan holda ta’sir o‘tkazishning yo‘llari va yo‘riqlari majmuasi tushuniladi.
IQTISODIY VA VALUTA ITTIFOQI – 1) iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi; 2) I.va v.i.- iqtisodiy integratsiya barcha shakllarini iqtisodiy va valuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish yo‘li bilan uyg‘unlashtiruvchi integratsiyaning eng oliy shakli; 3) I.va v.i. — ishlab chiqarish omillarining erkin harakati ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, valuta-moliya sohalarida yagona siyosat amalga oshirilayotgan, umumiy valuta muomalaga kiritilgan mamlakatlar guruhi.
IQTISODIY XIZMAT MUDDATI (ingl. Economic life) — odatda bitta birligi uchun yuqori qiymatga ega bo‘lgan yoki kapital yoxud ishlab chiqarish jihozlari namuna nusxasining mavjud bo‘lishga layoqatli bo‘lgan yoyinki foyda keltiradigan xizmat qilish muddati. Bunday jihoz yoki asbob-uskuna vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy jihatdan mavjud bo‘lish layoqatidan mahrum bo‘lib qoladigan palla ham yetib keladi. Turli-tuman omillar, jumladan, texnikaviy xizmat ko‘rsatishga o‘zini oqlamaydigan sarf-chiqimlardan boshlab detallar va bog‘lamalarni almashtirish yuqori qiymatigacha, hatto sug‘urta yuqori qiymati ham sabablar turkumini yuzaga keltirishi mumkin. Ana shu omillardan har biri asbob- uskunalarni almashtirish va yangilashga sababchi bo‘ladi. Ishlab turgan asbob- uskunadan ishlab chiqarishda foydalanish muddati uning iqtisodiy xizmat muddati nihoyasida pirovard mahsulot narxiga qo‘shib qo‘yilishi mumkin.
|
| |