|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 358/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISTEBLISHMENT - 1) yuqori foyda darajasi, jamiyatdagi barqaror mavqe; 2) jamiyatning imtiyozga ega bo‘lgan va mazkur ijtimoiy tuzumning tayanchi hisoblangan qatlamlari.
ISTE’MOL – 1) ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni; 2) I.-jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni; 3) I. - jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida milliy daromadning iste’mol fondiga teng bo‘lgan tovar va xizmatlardan foydalanish.
ISTE’MOL BAHOSI — buyumni demontaj qilgandan keyin qoldiq qiymatdan foydalanishni ham qo‘shib uni ekspluatatsiya qilishning barcha me’yoriy muddati davomida buyumni sotib olish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iste’molchining to‘la xarajatlari. I.b.- mashinalar, uskunalar, texnik vositalar va boshqa mashina- texnikaviy tovarlar raqobatbardoshlik darajasini integral baholashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri.
ISTE’MOL BOZORI — 1) aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning ayirboshlanishi; 2) kishining ehtiyojini bevosita qondirish uchun zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning ayirboshlanishi. Iste’mol bozoriga barcha iste’mol mollari yetishtiruvchi va u bilan savdo-sotiq qiluvchi korxona va tashkilotlar kiradi; 3) kishilarning tirikchiligi uchun zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bozoridir.
ISTE‘MOL BUYUMLARI – ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarda, maishiy yoki ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan buyumlar.
ISTE’MOL BUDJETI — aholi har xil guruhlari mavjud turmush darajasini xarakterlovchi oila pul daromadlari va xarajatlari balansi. Tushish manbasi bo‘yicha barcha daromadlarni va ularning tayinlanishi bo‘yicha barcha xarajatlarni hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari sotib olish manbalari va hajmlarini ko‘rsatadi.
Har xil aholi kategoriyasi bo‘yicha iste’mol budjeti dinamikasini o‘rganish ular turmush darajasi o‘zgarishlari to‘g‘risida fikrlash imkonini beradi. Davlatning sotsial siyosatini asoslash uchun normativ va haqiqiy o‘rtacha hamda minimal iste’mol budjeti hisoblanadi. Minimal iste’mol budjeti mavjud iqtisodiy sharoitda aholini me’yoriy takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kam ish haqini aniqlashga imkon beradi.
|
| |