|
IQTISODIYOTNI INTERNATSIONALLASHTIRISH
|
bet | 355/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIYOTNI INTERNATSIONALLASHTIRISH - xalqaro mehnat taqsimoti asosida ayrim mamlakatlar o‘rtasida mustahkam ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarning tashkil topishi.
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH – iqtisodiyot tarmoq va korxonalaridagi ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayonni tartibga solishga qaratilgan faoliyat.
IQTISODIYOT NAZARIYASI – 1) kishilik jamiyati ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni va ularga xos bo‘lgan qonunlarni o‘rganadigan fan; 2) I.n. - qadimiy fanlardan biri bo‘lib, u hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi; 3) I.n. - kishilar o‘rtasida yashash vositalarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi iqtisodiy tushunchalarda ifodalangan iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiy hodisalarni va ular o‘rtasidagi iqtisodiy qonunlarda ifodalangan mohiyatli bog‘lanishlarni o‘rganadigan fan.
IQTISODIYOT NAZARIYASINING AMALIY AHAMIYATI – shundan iboratki, bilimlar oldindan ko‘ra bilishga, oldindan ko‘ra bilish esa amalda qo‘llashga olib keladi.
IQTISODIYOT NAZARIYASINING ASOSIY VAZIFASI – iqtisodiy hodisalarga oddiygina tavsif berish emas, balki ularning o‘zaro aloqadorligini va o‘zaro bog‘likligini ko‘rsatib berish, ya’ni iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini ochib berish. Ana shu bilan u aniq iqtisodiy fanlardan farq qiladi.
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDEMETI – 1) iqtisodiy resurlar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida xayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizmini, ijtmoiy xo‘jalikni samarli yoritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iboratdir; 2) I.n.f.p. kishilarning cheksiz ehtiyojlarini cheklangan resurslar bilan maksimalroq qondirish maqsadida kishilar, ularning guruhlari, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va hokazolarning o‘zaro iqtisodiy munosabatlari, iqtisodiy hayotdagi fe’l atvorlari.
|
| |