|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 352/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIY O‘SISH, KELAJAKSIZ — bu shunday iqtisodiy o‘sishki, uning natijasida kelajak avlod uchun zarur bo‘lgan tabiiy va iqtisodiy ne’matlar hozirgi davr o‘sishini ta’minlash uchun sarflanadi.
IQTISODIY O‘SISHNING KO‘RSATKICHLARI – 1) iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalanadigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat; 2). I.o‘.k. - o‘rganishda foydalaniladigan natural va qiymat ko‘rsatkichlari; 3). I.o‘.k. - iqtisodiy o‘sishni o‘rganishda foydalanilayotgan natural va qiymat miqdorlari.
IQTISODIY O‘SISH MEZONI – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkoni beradigan ko‘rsatkichi xarakterlaydi.
IQTISODIY O‘SISH, MILLIY QADRIYATLARNI KAMSITUVCHI O‘SISH — bu shunday iqtisodiy o‘sishki, uning natijasida millatlar o‘zlarining madaniy qadriyatlari, an’analarini yo‘qotadilar.
IQTISODIY O‘SISH OMILARI - 1) iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi; 2) I.o‘.o.- iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi shart-sharoitlar. Iqtisodiyotning miqdoriy o‘sish layoqatini belgilab beradigan birinchi guruh omillar tabiiy resurslarning miqdori va sifati, ishchi kuchi resurslarining miqdori va sifati, asosiy kapitalning ko‘lami va sifati va texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. Shuningdek, tarkibiy o‘zgarishlar, taklif va taqsimlash, ta’lim va malakali tayyorgarlik kabilar ham iqtisodiy o‘sish omillari hisoblanadi.
IQTISODIY O‘SISH, OVOZSIZ O‘SISH — iqtisodiy o‘sishning shunday turiki, bunda jamiyatni demokratlashtirish hamda fuqarolarning huquq va imkoniyatlari kengayishiga olib kelmaydi.
IQTISODIY O‘SISHNING SAMARADORLIGI – “ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasining hamma tarkibiy qismlarini, shu jumladan, tovar va xizmatlar sifatining yaxshilanishi, ularning raqobatbardoshligining oshishi, yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi texnologiyani o‘zlashtirish, foydalanadigan resurslar qaytining o‘sishi, ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi.
“IQTISODIY O‘SISHNING SIFATI” – mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ijtimoiy yo‘naltirilganligining kuchayishi.
|
| |