• ISTE’MOL SAVATI
  • ISTE’MOL SOLIG‘I
  • ISTE’MOL TOVARLARI
  • ISTE’MOLGA KEYINGI QO‘SHILGAN MOYILLIK
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet361/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISTE’MOL SARFLARI – 1) aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib borilishi. 2) Iste’molchilik sarflari aholi daromadlarining yashash vositalarini o‘zlashtirishga ishlatadigan qismi.
    ISTE’MOL SAVATI – 1) muayyan oziq- ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilikni ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan miqdori. 2) tashkil topgan iste’mol standartini to‘la ifodalovchi baholarni va mavjud savdoga tovarlar guruhini ro‘yxat qilishdan iborat (o‘rtacha sotib oluvchi uchun tovarlar va xizmatlar yig‘imi); 3) ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari va xizmatlari yig‘indisini bozor bahosidagi ko‘rinishidan iborat.
    ISTE’MOL SOLIG‘I — bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy budjetlarga borib tushadi.
    ISTE’MOL TOVARLARI – inson ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan iste’mol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste’mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar.
    ISTE’MOL UCHUN TAYINLANGAN TOVARLAR - shaxsiy (oilaviy) ehtiyojlarni, individual iste’molni qondirish uchun tayinlangan tovarlar. I.t.t. - har xil belgilar bo‘yicha turkumlanadi: tayinlanish bo‘yicha — oziq-ovqat, kiyim-kechak, mebel, maishiy texnika va h.k:, foydalanish muddati bo‘yicha — uzoq muddat foydalanadigan tovarlar (mebel, avtomobil, televizorlar va h.k.), qisqa muddatli foydalanadigan tovarlar (oziq-ovqat mahsulotlari, parfyumeriya va h.k.); talabning xarakteri bo‘yicha ommaviy talab qilinadigan tovarlar (oziq- ovqat, ayrim xo‘jalik tovarlari) va tanlab talab qilinadigan tovarlar (yuvelir buyumlar, elektrotexnika va h.k.).
    ISTE’MOLGA KEYINGI QO‘SHILGAN MOYILLIK – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarish darajasi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.