• ISTE’MOLCHI ISTAK VA TALABLARI (ingl. Consumer needs and wants)
  • ISTE’MOLCHI KREDITI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet362/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ISTE’MOLGA O‘RTACHA MOYILLIK – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
    ISTE’MOLCHI ETNOSENTRIZMI (ingl. Consumer ethno-sentrism) — xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olish o‘rinsiz va hatto ahloqqa ziddir deb biluvchi iste’molchilarning qat’iy pozitsiyasi, qattiq e’tiqodi.
    ISTE’MOLCHI ISTAK VA TALABLARI (ingl. Consumer needs and wants) — ehtiyojlar inson hayotiy faoliyati asosiy funksiyalarini amalga oshirish va uning ehtiyojlarini qondirish dunyosiga taaluqlidir. Ehtiyojlar marketing faoliyati poydevori sanaladi. Xohish-istak tushunchasi xoh ratsional va pragmatik bo‘lsin, irratsional va emotsional intilish bo‘lsin, sotib olish va egalik qilish intilishiga oiddir. Ba’zida xohish-istaklar va ehtiyojlar o‘zaro almashinib turadi, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Masalan, bugungi kunda televizor ehtiyojga aylanib qoldi, ilgari u hoxish-istak edi, xolos. Avtomobil ham endi ehtiyojga aylandi. Xorijga dam olish sayohatiga chiqish lozim, ammo ba’zida u ehtiyoj sifatida talqin etilishi ham mumkin. Shuning uchun ham marketing va reklama usullari va uslublari o‘tkazilgan natijalarini astoydil o‘rganishdan kelib chiqqan holda iste’molchi istaklariga ham, ehtiyojlariga ham aniq-tiniq mos kelishi lozim.
    ISTE’MOLCHI KREDITI – tijorat banklar tadbirkorlik uchun firmalarga qarz bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi; 2) Iste’mol krediti — tijorat banklari iste’molchilarga tovar sotib olish uchun bergan qarzi.
    ISTE’MOLCHI UCHUN FOYDA — mahsulotlar taqdimoti odatda iste’molchi uchun yangi mahsulotning qanchalik foydaliligini aniqlab olishga imkon beradigan bir tarzda o‘tkaziladi. Aynan ana shu xossalar mahsulotlar yoki xizmatlar iste’molchilari uchun qadrli hisoblanadi. Marketing kommunikatsiyalari biznesida, masalan, mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha reklama va tadbirlarda iste’molchi uchun foyda kelajakdagi afzallik yoki huzur-halovatni va’da qilish tarzida taqdim etiladi. Sug‘urta bunga yorqin misol bo‘la oladi. O`n yillar davomida Kodak kompaniyasi fotoplyonkani nafaqat uning texnikaviy xarakteristikasi qanchalik mukammal ekanligiga tayanib, qolaversa baxtli lahzalarni uzoq yillarga aks ettirish imkoniyatiga asoslanib reklama qilib kelgan edi. Shu taxlit, agar foydalanuvchi o‘z hayotida takrorlanmas ajoyib va maroqli voqealarni suratga tushirish uchun Kodak fotoplyonkasidan foydalansa, masalan, tug‘ilgan kun va nikoh tantanalarida, keyin esa fotosuratni kelajakda ko‘zdan kechirsa, tomosha qilsa, bu xarid o‘zini oqlagandi. Bu holda texnikaviy jihatlarga emas, emotsional hissiyotga e’tibor qaratiladi. Revlon kompaniyasidan bo‘lmish Charlz Revson: “Parfyumerlangan suv solingan flakonlarni sotayotganimda mijozlarim mendan orzu-umidni xarid qiladilar”, deya tez-tez takrorlar edi. Shunday ekan, mahsulot texnikaviy nuqtai nazardan funksiyalarni o‘zida mujassam etsa, aynan uning o‘zi texnikaviy xossaga aylanadi. Mahsulot yoki xizmatning texnikaviy xossalari iste’molchilarga foyda va naf keltirishga qodir bo‘lishi lozim. Reklama beruvchi esa qonunga ko‘ra har ikkalasi haqida ham haqiqatni aytishi kerak.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.