• IQTISODIY BIRLIK (ingl. entity)
  • IQTISODIY BITIMLAR
  • IQTISODIY FAOL AHOLI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet338/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IQTISODNING DAVLAT SEKTORI - davlat ixtiyoridagi tabiiy resurslar, ishlab chiqarish vositalari, tovarlar, oltin zahiralari, pul mablag‘lari va hokazolardan iborat.
    IQTISODIY AGENTLAR (ingl. economic agents) — iqtisodiy ne’matlarga mulkdorlik qilish huquqi bilan quvvatlantirilgan xo‘jalik yuritish qarorlarini qabul qiluvchi va ro‘yobga chiqaruvchi iqtisodiy birliklar. Xo‘jalik qarorlari tipiga (ishlab chiqarish, iste’mol to‘g‘risidagi qaror, tartibga solib turish va muvofiqlashtirish vazifalari) bozor iqtisodiyoti nazariyasida iqtisodiy agentlarning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: firma, uy xo‘jaligi, davlat.
    IQTISODIY BIRLIK (ingl. entity) — mustaqil buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakl. Iqtisodiy birlik ustidan umumiy nazorat amalga oshiriladigan aktivlar guruhini o‘zida ifoda etadi. Iqtisodiy birlikning ikkita asosiy turi mavjud: a) maxsus qonunchilik hujjatlari bilan legallashtirilgan sub’ektlar, masalan, ilmiy muassasalar, korporatsiyalar; b) maxsus qonunchilik hujjatlari bilan legallashtirilmagan sub’ektlar, ya’ni yakka mulkdorlikka asoslangan firmalar va shirkatlar. Buxgalteriya hisobida esa uning egalari emas, balki mustaqil iqtisodiy birlik aktivlar egasi va foyda oluvchi deb hisoblanadi. Iqtisodiy birlik esa, o‘z navbatida, egalari va aksiyadorlar mulkdorligi ostida bo‘ladi. Rahbar (direktor, prezident va h.k.) egalari farmoyishlariga binoan ish ko‘radi.
    IQTISODIY BITIMLAR - tovar va xizmatlarning ayirboshlanishi kelishuvlari, ya’ni tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlar.
    IQTISODIY DETERMINIZM – iqtisodiy hodisalarning qonuniyatli xususiyatini tan olish haqidagi falsafiy ta’limot. Iqtisodiy hodisalarning bog‘liqligi hamda sababi haqidagi qoida iqtisodiy determinizmning asosi hisoblanadi.
    IQTISODIY FAOL AHOLI – mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar va ishsizlar.
    IQTISODIY FAOL BO‘LMAGAN AHOLI – ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar; ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari; uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar; ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar; ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.