|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 335/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INVESTORLAR - xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar ob’ektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Investorlar kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishlari mumkin. Odatda investorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan hisob- kitoblarni amalga oshiradilar.
INVESTORLAR MAQSADI — o‘z jamg‘armalarini qimmatli qog‘ozlarga joylashtirib, quyidagi maqsadlarga erishishga intiluvchi investorlar: mablag‘larning xavfsizligi; mablag‘larning daromadliligi; mablag‘larning o‘sishi; mablag‘larning likvidligi.
INVESTIRLASH FORMULASI (lot.) — investirlash usuli (formula bo‘yicha investirlash). Bu formula tanlangan bozor ko‘rsatkichi oldindan belgilangan ma’lum nuqtadan yuqori bo‘lgan vaqtda kapitalni odatdagidan imtiyozli aksiyalar va obligatsiyalarga o‘tkazishni va bozor kursi tushishi bilan kapitalning odatdagi investitsiyalashga qaytishini talab qiladi.
IPOTEKA (yunon. hypotheke-garov) - 1) qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan ko‘chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga qo‘yish; 2) I. – bankning garov xat, ko‘chmas mulk garovi asosida muayyan muddatga ssuda berishi; 3) I. – garov buyumi garovga qo‘yuvchida yoki uchinchi shaxsda qoladigan ko‘chmas mulk garovi. Ipoteka garovi, uning shakli, garovga qo‘yuvchi va oluvchi shaxslarning ushbu garov tufayli qo‘lga kiritiladigan huquqlari, zimmalariga oladigan majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunida va boshqa qonuniy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan; 4) I. (grek.) — ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish bilan beriladigan ssuda: a). Ushbu ssudani ta’minlashga xizmat qiluvchi garov kreditorga berilmaydi, balki qarzdorning o‘zida qoladi: b). Shunday ssudaga ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish. I. uchun quyidagilar xarakterlidir: mulkning qarzdor qo‘lida qoldirilishi, o‘sha mulkni garovga qo‘yish bilan yana qo‘shimcha ssuda olish imkoniyati; yer daftarida garovni albatta ro‘yxatdan o‘tkazish. Qarzdorning to‘lovga qodir emasligi holatida kreditor talabini qondirish garovni navbat bilan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibida mulkni realizatsiya qilishdan tushgan daromaddan amalga oshiriladi; 5) I. – ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish bilan beriladigan ssuda. Ushbu ssudani ta’minlashga xizmat qiluvchi garov kreditorga berilmaydi, balki qarzdorning o‘zida qoladi; 6) I. ssuda olish maqsadiga garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk (asosan yer va binolar).
|
| |