|
INVESTITSIYA FONDINING DAROMADLARI
|
bet | 331/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INVESTITSIYA FONDINING DAROMADLARI — quyidagilardan tashkil topadi: qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar va foiz daromadlari; qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq amallarni bajarish asosida olingan daromad. Investitsiya fondining daromadi (soliqlardan va majburiy to‘lovlardan, boshqaruvchi va depozitariyning xizmat haqlaridan qolgan qismi) faqat uning ustav fondini ko‘paytirish va aksiyadorlarga dividend to‘lash uchun sarflanadi.
INVESTITSIYA HAMKORLIGI — xalqaro munosabatlar ko‘rinishi bo‘lib, uning maqsadi resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ustun darajada ishtirok etishdan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarish texnologiya tuzilmasini yangilash hisobidan iqtisodiyotda davlatlar tomonidan eng yuqori natijalarga erishishdan iborat. I.h. tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: keng ma’noda — bunda u investitsiyalarning uchta turini ham o‘z ichiga oladi; tor ma’noda — bunda investitsiya xillaridan faqat bittasi ko‘zda tutiladi.
INVESTITSIYA INSTITUTI (nem., lot.) — o‘z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi qonuniga mos ravishda tuzilgan huquqiy shaxs.
INVESTITSIYA KOMPANIYASI (nem., fr.) — o‘z qimmatbaho qog‘ozlari emissiyasi orqali xususiy investor pul mablag‘larini to‘lovchi va ularni o‘z mamlakati hamda chet el korxonalari va obligatsiyasiga joylashtiruvchi turli xil moliya- kredit institutlari. I.k. kapital bozorida investitsiya investorlari sifatida chiqadi. Investitsiya banklariga o‘xshash ular ham qarzdor va individual investor o‘rtasida oralik holatni egallaydi, ammo individual investorning manfaatini ifodalaydi. Xolding kompaniyadan farq qilib I. k. korporatsiyalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirmaydi. Passivlarni tashkil etish metodiga bog‘liq holda I.k. ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: 1) “yopiq xili”, bu qayd etilgan Aksioner kapital bo‘lib, ularning aksiyalari bozorda kotirovka qilinmaydi va kompaniyani tugatish paytiga qadar qoplanmaydi; 2) “ochiq xili”, bu doimo o‘zgarib turuvchi kapitalga ega, ya’ni ularning aksiyalari I.k. aktivlari joriy bozor qiymatiga muvofiq baholar bo‘yicha kompaniyaning o‘zi tomonidan erkin sotiladi va sotib olinadi.
|
| |