|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 328/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INVESTITSIYALAR — 1) yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonaga uzoq muddat (bir yildan kam bo‘lmagan) davomida qo‘shimcha foyda olish, ta’sir etish doirasini sotib olish maqsadlarida yoki shu sohada o‘z faoliyatini tashkil qilgandan ko‘ra uni shunday qo‘yish (sarf etish) afzalroq bo‘lganligi uchun kapitalni joylashtirish. Foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida pul mablag‘lari, maqsadli bank omonatlari, aksiyalar va boshqa qimatbaho qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob—uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, boshqa har xil mulklar yoki mulkiy huquqlar hamda intellektual boyliklarni tadbirkorlik va faoliyatning boshqa turlari ob’ektlariga qo‘yilishining barchasi investitsiyalar hisoblanadi; 2) I. (nem., lot.) — xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlaridagi xarajatlarga uzoq muddatli kapital solish (mamlakat ichida yoki chet elda). Xususiy investitsiyalar to‘liq foyda olish vazifasiga qaratilgan bo‘ladi; davlatniki esa foyda olish va iqtisodiyotni tartibga solish maqsadini ko‘zlab amalga oshirilishi mumkin. Davlat I. soliqlar, davlat korxonalari foydasi, pul emissiyalari yoki hukumatning ichki va tashqi zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtiriladi. Xususiy mablag‘larining moliyaviy manbasi bo‘lib kompaniyaning o‘z mablag‘lari (taqsimlanmagan foyda, qisman amortizatsiya va boshqa fondlar), tashqaridan jalb etilgan mablag‘lar, aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hamda uzoq muddatli kreditlar va zayomlar xizmat qiladi. Iqtisodiyotning qandaydir tarmog‘iga solingan real va moliyaviy I. farq qiladi. Real kapitalning oshib borishi real I. natijasi hisoblanadi (binolar, uskunalar, tovar- material zahiralari va h.k.). Moliyaviy I. — aksiyaga, obligatsiyaga, boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga solingan kapitaldir (xususiy yoki davlat). Ikkinchi holatda real kapitalning o‘sishi yuz bermaydi, uning mohiyati mulk titulini sotib olishdan iborat (yer va boshqa ko‘chmas mulklarni sotib olganda ham shunday holat yuz beradi). Shunga o‘xshash barcha bitimlarda transfert operatsiyalari ro‘y beradi. Investitsiyalar darajasi anchagina o‘zgarib turadi va tuzilma o‘sishi elementlari dinamikasi hamda qator boshqa noiqtisodiy omillarga bog‘liq bo‘ladi; texnika taraqqiyoti o‘tkaziladigan davlat siyosati xarakteri va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Erkin tadbirkorlik sharoitida jami investitsiyalarning avtomatik regulyatori yo‘q shu sababli yoki inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi haddan tashqari investitsiyalash yoki deflyatsiya, talafot va ishsizlikka olib keluvchi yetarli bo‘lmagan investitsiyalash muntazam tendensiya paydo qiladi. Shu sababli I. va iqtisodiy o‘sishni tartibga solishda soliqlar sohasida, davlat xarajatlari hamda pul-kredit sohasida obdon o‘ylangan davlat investitsiya siyosati zarur.
|
| |