• INVESTITSION KREDITLAR
  • INVESTITSION LOYIHA DASTURI
  • INVESTITSION MARKETING XIZMATLARI DEPARTAMENTI (IMXD)
  • INVESTITSION NIZOLARNI TARTIBGA SOLISHNING XALQARO MARKAZI (ICSID)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet326/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INVESTITSION FAOLIYAT - investitsiyalarni amalga oshirish maqsadidagi xatti-harakatlar.
    INVESTITSION FONDLAR — investitsiya kompaniyalari tomonidan boshqariladigan ko‘p sonli yirik, o‘rta va mayda investorlarning kapitali yig‘indisi.
    INVESTITSION HAMKORLIK — xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabilarni maqsad qilgan.
    INVESTITSION KREDITLAR – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalar hamda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq muddatli kreditlar.
    INVESTITSION LOYIHA DASTURI – O‘zbekiston Republikasida qabul qilingan qonunchilik andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan zaruriy hujjatlarni hisobga olgan holda kapital qo‘yilmalar hajmi va amalga oshirish muddatining maqsadga muvofiqligini asoslovchi va investitsiyalarni (biznes reja) amalga oshirish bo‘yicha amaliy faoliyat dasturi.
    INVESTITSION MARKETING XIZMATLARI DEPARTAMENTI (IMXD) — agentlikka a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan va o‘tish mamlakatlari iqtisodiyotiga yo‘naltirilayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami qo‘llab- quvvatlaydi. IMXDning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va kambag‘allikka qarshi kurashish uchun jalb etilayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimining barqarorligini ta’minlashga yordamlashish.
    INVESTITSION NIZOLARNI TARTIBGA SOLISHNING XALQARO MARKAZI (ICSID) — maqsadi xorijiy investorlar va investitsiyalarni jalb etuvchi mamlakatlar o‘rtasida yuzaga kelgan xalqaro investitsion nizolarni arbitrajda ko‘rib chiqish va tartibga solish mexanizmini ta’minlab berishdan iborat.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.