• INTERNET REKLAMA
  • INTERPELLYATSIYA (lot.)
  • INTERVENSIYA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet324/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INTERNETDA NASHR ETISH — deganda, odatda, davlat buyurtmachisi yoki unga tegishli idora web-saytining elektron doskasida e’lon berishga aytiladi. Nashr etish joyini markazlashtirish yoki tanlovlar haqidagi e’lonni yagonalashtirish orqali samaradorlikni oshirish mumkin. Bunday e’lonlarning prototipini alohida tayyorlash mumkin bo‘lib, buyurtmachi faqatgina shablonda qoldirilgan bo‘sh maydonlarni to‘ldiradi. Agar e’lonlarni tayyorlash va hujjatlarni tayyorlashni tanlov materiallarini tayyorlash bo‘yicha yagona tizimga joylashtirilsa, unda tanlov hujjatlari maydonidagi ma’lumotlardan foydalanib, e’lon matnini avtomatik tarzda shakllantirish mumkin bo‘ladi. Buyurtmachi uchun faqat tanlov haqidagi e’lonni nashr etuvchi tugmachani bosish qoladi.
    INTERNET REKLAMA — Internet tarmog‘idagi reklama.
    INTERNET TREYDING — Internet tarmog‘idagi savdo faoliyati.
    INTERNIRLASH(lot.) — 1. Xalqaro huquqda urushayotgan bir davlat tomonidan urushayotgan boshqa davlat yoki neytral davlat tomonidan urushayotgan mamlakatlar harbiy xizmatchilarining majburan ushlab qolinishi. I. tartibi urush vaqtida fuqaro aholini himoya qilish va harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risidagi 1949 - yil Jeneva Konvensiyalari, urush bo‘lgan holatda neytral davlatlarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi 1907 yil Gaga Konvensiyalari tomonidan tartibga solinadi; 2. Kimnidir izolyatsiyalash, vaqtinchalik qamoqqa olish.
    INTERPELLYATSIYA (lot.) — ma’lum masala yoki umuman, hukumatning siyosiy yo‘li bo‘yicha parlament deputatining hukumatga yoki uning ayrim a’zosiga rasmiy talabining maxsus turi. I. boshqa talab turlaridan shu bilan farq qiladiki, javobdan keyin revolyutsiya qabul qilish bilan yakunlanadigan muzokara boshlanadi, bunda parlament I. predmeti bo‘lib xizmat qilgan harakatlar yoki umuman, hukumat liniyasi xususida (unga ishonch bildirish yoki ishonchsizlik bildirishni ifodalaydi) o‘z fikrini bildiradi.
    INTERVENSIYA — bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo‘ravonlik bilan aralashuvi, uning suverenitetini buzishi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.