• INTRA VIRES”
  • INVENTAR RO‘YXATI (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet325/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INTERVENSION OPERATSIYA — kredit, qimmatli qog‘ozlar, milliy va chet el valutasiga bo‘lgan talab va taklifni tartibga solish orqali kapitalistik mamlakatlar markaziy banklari xazinachilarining kredit-moliya va valuta sohasiga aralashuvi shakllaridan biri.
    INTERVYU (ing.) — marketing tadqiqotida mijozlarni so‘rash metodlaridan biri. Standart tarzidagi blankalarda javoblarni yozib olish sharti bilan ma’lum reja bo‘yicha marketolog amalga oshiradi. I. shaxsiy, guruhiy telefondan surash kabi bir necha turlari farq qiladi.
    INTRA VIRES” — vakolatlar doirasida harakat qilish.
    INVALIDATSIYA — qonuniy kuchdan mahrum bo‘lish, bekor qilish.
    INVENTARIZATSIYA – 1) korxonalar, firmalar, tashkilotlarda naqd mulk va tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish; natura holidagi boyliklarning mavjudligi yoki holatini, mablag‘larni muntazam tekshirib turish, shuningdek, ularning moddiy boyliklarni hisobga olish qaydnomalariga muvofiqligini aniqlash maqsadlarida davriy qayta hisobga olish; 2) I. (lot.) — birlashma, korxona, tashkilot, muassasa balansida turuvchi mavjud qiymatliklarni, ularning yaxshi holdaligi va to‘g‘ri saqlanishi, mablag‘lar olish majburiyatlari va huquqlari hamda ombor xo‘jaligi yuritish va mavjud hisobning realligini vaqti-vaqti bilan tekshirish.
    INVENTAR RO‘YXATI (lot.) — predmetlarning miqdor va sifat hamda ularni baholashni belgilashni ko‘rsatish bilan qandaydir xo‘jalik muassasa, korxona mol- mulkining mufassal ro‘yxati. I.r. tuzish alohida qoidalar asosida maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
    INVESTITSION DA’VOLARNI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA XALQARO MARKAZ (IDTSXM) — 1966-yilda tashkil topgan bo‘lib, maqsadi xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi a’zo mamlakatlar hukumatlari, davlat organlari bilan xorijiy investorlar o‘rtasida vujudga keluvchi kelishmovchiliklarni tartibga solish, kelishtirish, arbitraj sudlarida ishni ko‘rib chiqish mexanizmlarini yaratish orqali xalqaro investitsiya faoliyatiga ko‘maklashish.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.