• INTERNET INKUBATOR
  • INTERNET MARKETING
  • INTERNET-BANKING
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet323/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INTERNET BROKER — Internet treyding xizmatlarini ko‘rsatuvchi brokerlik kompaniyasi yoki uning vakili.
    INTERNET DO‘KON (MAGAZIN) — mahsulotlarni iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘gri sotishni amalga oshiradigan web-server. Bunda iste’molchilarga axborot berish, mahsulotga buyurtma berish va shartnoma tuzish Internet do‘koni web-saytida amalga oshiriladi.
    INTERNET INKUBATOR — Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli.
    INTERNET KIMOSHDI SAVDOSI — elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda “iste’molchi-iste’molchi” sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.
    INTERNET MARKETING — Internetda auditoriya javobini olish uchun reklamaning barcha aspektlaridan foydalanish amaliyoti. Bunga Internet tarmog‘ida ishlashning ijodiy va texnik aspektlari kiradi, jumladan, dizayn, reklama va marketing. Internet marketing usullariga izlash tizimlari marketingi, banner reklamasi, e-mail marketing, yashirin marketing, interaktiv reklama va boshqalar kiradi.
    INTERNET-BANKING — bu mijozlarning depozit hisob varaqlarini, jumladan plastik kartalarga ochilgan hisob varaqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga web-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb- serverda joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning web-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlar va hisob varaqlardan ko‘chirmalarni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega. Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:
    • to‘lovlarni o‘tkazish;
    • to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
    • barcha hisobotlarni olish amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
    Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisob raqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi, pul o‘tkazmalarini tayyorlab, bankga uzatishi mumkin bo‘ladi. Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.