• INVESTITSION SOLIQ KREDITI
  • INVESTITSIYA (nem. inves-titlion, lat. investere kiyintirmoq)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet327/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INVESTITSION RISK — investitsion mablag‘larning bir qismi yoki barchasini yo‘qotish holati yuzaga kelishining mumkinligi.
    INVESTITSION SIYOSAT – 1) savdo menejmenti umumiy strategiyasining bir qismi bo‘lib, korxonani rivojlantirish uchun aktivlarni kengaytirishning eng samarali yo‘llarini tiklashni nazarda tutadi; 2) iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida kapital mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydigan xalq xo‘jaligining qulay yo‘li va yechimi. I.s. u yoki bu bosqichda yechiladigan iqtisodiy, fan- texnika, texnologiya va ijtimoiy masalalarning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi.
    INVESTITSION SOLIQ KREDITI – 1) soliq majburiyati bo‘yicha to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati beriladi, agarda soliq to‘lovchida belgilangan tartibdagi asos bo‘lsa, u holda soliq to‘lovlarini kamaytirilgan holda ma’lum bir vaqt ichida bosqichma – bosqich to‘lash mumkin bo‘ladi; 2) soliq to‘lovchi tomonidan ma’lum bir hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha juda muhim buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan yengillik, imtiyoz (soliq to‘lovining kechiktirilishi). Bu kredit soliq to‘lovchi va mahalliy ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan soliq bitimi bilan rasmiylashtiriladi. Investitsion soliq kreditini taqdim etish (berish), rasmiylashtirish va qaytarish tartibi “Investitsion soliq krediti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq belgilanadi.
    INVESTITSIYA (nem. inves-titlion, lat. investere kiyintirmoq) - 1) investor tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag‘larni, sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida (ichki investitsiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investitsiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si qimmatbaho qog‘ozlarni xarid qilish, pul mablag‘larini jamg‘arish va boshqalarni, real I. moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o‘z ichiga oladi. 2) I. — bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. Umuman olganda “Investitsiya” atamasi lotin tilidagi “invest” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib “qo‘yish”, “mablag‘ni safarbar etish”, “kapital qo‘yilmasi” ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda “investitsiya” tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilishicha, “investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”. Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to‘laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o‘ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog‘liqligi ta’kidlab o‘tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta’rifning o‘zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya’ni jamg‘armalar (resurslar), qo‘yilma mablag‘lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko‘rsatib o‘tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsiya faoliyatning bozor munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta’minlab beradi; 3) I. — foyda (daromad) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo‘shilayotgan mulkiy boyliklari yoki boshqa turdagi huquqlar, shuningdek intellektual mulk shaklidagi sarmoyalar. Investitsiya va investitsiyalash faoliyati boshqa har qanday mulkiy huquqlar singari daxlsiz bo‘lib, davlat tomonidan kafolatlanadi hamda qonunlar bilan himoya qilinadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga va davlat dasturlariga kiritilgan tadbirlar bo‘yicha investitsiyalash qo‘shimcha imtiyozlar berilishiga (soliq, bojxona, tovar realizatsiyasi va h.k. sohalarda) sabab bo‘lishi mumkin. Xorijiy sarmoyalarni, ilg‘or texnologiyalarni hamda mutaxassislar zamonaviy tajribasini mamlakatimiz xalq xo‘jaligiga imkoni boricha kengroq jalb etish maqsadida chet el investitsiyasi uchun mamlakatimizda alohida qulay sharoitlar yaratilishi uchun g‘amxo‘rlik qilinmoqda. Investorlar mulkdor sifatida barcha huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar, ularning huquqlari har qanday shaxslarda, shu jumladan davlat idoralari va mansabdor shaxslarning, ularning sarmoyalaridan foydalanuvchilarning hamda boshqa shaxslarning g‘ayriqonuniy tajovuzlaridan himoya qilinadi; 4) I. — sarmoyaning biror-bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirilishi; 5) I. — ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma; 6) I.– ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli kapital kiritish. Uning moliyaviy va real turlari mavjud; 7) I. — moliyaviy natijalarga ega bo‘lish maqsadida aksiya va obligatsiyalarni sotib olish; 8) I. — ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan real aktivlarga ega bo‘lish; 9) I. — mamlakat iqtisodini o‘stirish va rivojlantirish uchun zarur mexanizmlarni yaratish; 10) I. — pul qiymatini saqlash, ko‘paytirish va daromad keltirishini ta’minlash; 11) I. — foyda olish maqsadida xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga sarflanadigan uzoq muddatli kapital qo‘yilmasi; 12) I. — foyda olish va yuqori ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik ob’ektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul mablag‘lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol- mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.