• INVESTITSIYA FAOLIYATI ISHTIROKCHILARI
  • INVESTITSIYA FONDLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet330/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INVESTITSIYA FAOLIYATI – 1) investitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga oshiriladi; 2) I.f.– nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish, uzoq muddatli moddiy aktivlar sotib olish uchun yetkazib beruvchilarga to‘langan pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar chiqim ustunida aks ettiriladi; 3) I.f. – korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, aqliy salohiyat, kredit, yer va boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida joylashtirish; 4) I.f. – investitsiyalarni realizatsiya qilish bo‘yicha davlat, yuridik shaxs va fuqarolar amaliy harakatlari majmui.
    INVESTITSIYA FAOLIYATI ISHTIROKCHILARI — buyurtmachilar, pudratchilar, yetkazib beruvchilar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, loyihalovchilar, vositachilar, ilmiy- maslahat firmalari, o‘z mamlakatidagi qonunchilikka ko‘ra investitsiyaviy mulk egalari (tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin.
    INVESTITSIYA FONDLARI — boshqa kompaniyalar uchun qimmatbaho qog‘ozlarga kapital solgan kompaniyalar. I.f.ni ochiq tipdagi har qanday Aksioner jamiyat tan oladi, bu bir vaqtning o‘zida o‘z aksiyalar emissiyasi hisobidan mablag‘larni jalb etishni, mablag‘larini boshqa emitentlar qimmatbaho qog‘ozlariga investitsiyalashni, qimmatbaho qog‘ozlar bilan savdo qilishni o‘z ichiga oluvchi faoliyatni amalga oshiradi, qiymati 30 foiz va bir kalendar yilning to‘rt oyi davomida uning jami aktivlari umumiy qiymatidan ko‘proq investitsiyalangan qimmatbaho qog‘ozlarga ega bo‘ladi. I.f. faqat litsenziya olgandan keyin o‘z faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega (qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish, sotib olish yoki sotish, uni reklama qilish va aksiyalarni sotish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilish). I.f. faqat ochiq turdagi Aksioner jamiyat shaklida tashkil etiladi. Ochiq turdagi I.f. talabning o‘sishi bilan uzluksiz aksiyalar chiqaradi va investorlarga ulardagi eskilarini sotib olish orqali o‘zining yangi aksiyalarini sotadi hamda foydani boshqa kompaniyalar qimmatbaho qog‘ozlariga qo‘yadi. Bir vaqtlarda chiqarilgan yopiq turdagi I.f. aksiyalari keyinchalik erkin aylanadi, ammo chiqarilmaydi, yangi aksiyalar chiqarish kamdan-kam qabul qilinadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.