|
INVESTITSIYAVIY LIMIT (nem., lot.)
|
bet | 334/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INVESTITSIYAVIY LIMIT (nem., lot.) — investitsiyalar bo‘yicha ma’qul minimal daromad. Kompaniyalar ko‘pincha shunday chegara o‘rnatadi va faqat ularga hisob-kitob minimumidan oshiqcha daromad keltiradigan loyihalarni realizatsiya qilishga kirishadi.
INVESTITSIYAVIY XARAJATLAR — asosiy kapital va sof aylanma kapital summasi. Asosiy kapital investitsiyalanayotgan loyihani barpo etish va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘zida ifoda etadi, aylanma kapital esa, loyiha ishlashi uchun zarur bo‘lgan mablag‘lardir. Asosiy kapital qayd etib qo‘yilgan investitsiyalar va ishlab chiqarishni tayyorlashga kapital sarf-xarajatlardan yig`ilib boradi. Quyidagilar mablag‘lar joylashtirish qayd etib qo‘yilgan investitsiyalarga kiradi: korxona yer uchastkasi va maydonchalarini tayyorlashga; imoratlar va noharbiy inshootlarga; korxonaning mashinalari va asbobuskunalari, jumladan, yordamchi asbob-uskunalarga; asosiy kapitalning ayrim sotib olingan qismlari, masalan, sanoat mulkiga oid huquqlarga. Qayd etib qo‘yilgan investitsiyalar summasini chiqarish uchun investitsiyaviy xarajatlarning birlamchi doimiyliklari investitsiya kategoriyalari bo‘yicha hisoblab chiqiladi, jumladan: yer, asosiy va yordamchi ob’ektlar, inshootlar va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilishi, investitsiyaviy kapital, korxona mashinalari va asob-uskunalari.
INVESTOR – 1) foyda (daromad) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati yoki boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga o‘zining mulkiy boyliklari, boshqa huquqlari hamda intellektual mulklarini sarmoya sifatida qo‘yayotgan (sarflayotgan) yuridik yoki jismoniy shaxs, yuridik hamda jismoniy shaxslar birlashmasi; 2) kapital mablag‘ sarflayotgan davlat, tashkilot, korxona yoki shaxs; 3) qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 4) o‘z, qarzi va jalb qilingan mablag‘larni investitsiyalar shaklida joylashtirishni amalga oshiruvchi va ularning maqsadli foydalanilishini ta’minlovchi investitsion faoliyat sub’ekti; 5) I. (ing.) — o‘z mablag‘lari, zayom va boshqa jalb qilingan mablag‘larni hamda intellektual qiymatliklarni investitsiya loyihasiga solish uchun qaror qabul qiluvchi va amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxs. I. omonatchi va kreditor rolida chiqishi mumkin. U amalga oshiriladigan investitsiyalar hajmini, yo‘nalishlarini va samaradorligini mustaqil aniqlaydi. I. ko‘rsatmasi bo‘yicha qonunda o‘rnatilgan tartibda investitsiyalar va ularning natijalariga egalik qilish, foydalanish va ko‘rsatma berish huquqi jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin. I. reinvestitsiyalarni ham qo‘shib investitsiyalar amalga oshirish ob’ektlari va natijalariga egalik qilish, foydalanish va ko‘rsatma berish huquqiga ega. I. farq qilgan holda spekulyatsiya mo‘ljal qilingan tavakkalchilikka, o‘yinchi esa har qanday tavakkalchilikka boradi. I. eng avvalo ko‘p yillar faoliyat qilib kelayotgan nomdor yirik kompaniyalarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ammo bu kompaniyalar jamiyat tashabbuskor tadbirkorlarining bir qismini bildiradi. Ular bilan bir qatorda hozirgi kapitalistik iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar hajmining katta hissasiga tegishli bo‘lgan yangi firmalar vujudga keladi va faoliyat qiladi. Ularning xo‘jalik faoliyatidagi rag‘batlantiruvchi roli nafaqat katta ahamiyatga ega, balki mohiyatiga ko‘ra bu uning asosi, oqibat-natijada esa ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish asosi va milliy rivojlanish omili hisoblanadi. Qimmatbaho qog‘ozlar yangi biznesning ifodasi hisoblanadi. Ular nomdor kompaniyalar va banklar qimmatbaho qog‘ozlari bilan bir qatorda bozorni to‘ldiradi; 6) I. investitsiyalarni amalga oshiruvchi iqtisodiy sub’ekt; 7) I. xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub`ekti. Investorlar – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub`ektlari. Investorlar ob`ektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Investorlar kreditor va xaridor rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarish mumkin. Odatda, investorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydi, shartnoma shartlarini ishlab chiqadi va investitsiya aktining boshqa sub`ektlari bilan – kontraktor, hukumat organlari, yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste‘molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
|
| |