|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 339/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODIY FAOLIYAT - kishilar hayotining maromida kechishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish yo‘lidagi xatti-harakatlari.
IQTISODIY EKSPANSIYA — ularning rivojlanishini o‘zlarining iqtisodiy va sotsial- siyosiy manfaatlariga bo‘ysundirish maqsadida iqtisodiy faoliyatni yangi bozorlar va hududlarga tarqatish, iqtisodiy nazoratni kengaytirish, boshqa mamlakatlar iqtisodiyotiga kirib borish.
IQTISODIY EKSPEREMENT – eng yaxshi sharoitlarda o‘rganish va keyinchalik amaliyotda foydalanish maqsadida iqtisodiy hodisa yoki jarayonni sun’iy ravishda sinab ko‘rish.
IQTISODIY ERKINLIK - iqtisodiy sub’ektlar faoliyatlarini uyg‘unlashtirish usullaridan biri. Markazdan boshqarish va majbur qilish usullaridan farqli ravishda bozor tizimi orqali boshqarishda iqtisodiy faoliyatni erkin uyg‘unlashtiriladi. Bozor iqtisodi tadbirkorlik va tanlash erkinligi orqali muvaffaqiyatga erishadi.
IQTISODIY FAOLIYATNI DIVERSIFIKATSIYALASH — asosiy biznes doirasidan tashqarida yirik firmalar, birlashmalar, korxonalar va butun boshli tarmoqlar faolligini kengaytirish, buni yetishtiriladigan boshqa mahsulot turlari bilan taqqoslaganda sof sotish hajmida maksimal hissaga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish deb tushuniladi. I.f.d. mehnat taqsimoti, Raqobat va ishlab chiqarish samaradorligi tuzilmasiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi hozirgi bozor iqtisodiyoti tuzilmasining muhim tarkibiy qismidir. I.f.d. chegarasi o`ta harakatchan bo‘ladi. Korxona faoliyati yo‘nalishlari qancha katta bo‘lsa, I.f.d. darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. I.f.d. firmaning asosiy faoliyatini korrektirovka qilish va uning strategiyasini jiddiy orientatsiya qilishni bildiradi. I.f.d. raqobat sharoitlarida firmaning intilishlari, o‘z vaqtida iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishga munosabat bildirishi, O‘z faoliyati samaradordigini ta’minlashi rag‘batlantiriladi. Natijada I.f.d. ko‘p tarmoqli xarakterga ega bo‘ladi.
IQTISODIY GLOBALLASHUV (iqtisodiyotni globallashuvi) - Mamlakatlar iqtisodiyotini global iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘lanishi (bir-biriga bog‘liqligi) jarayoni.
|
| |