• INNOVATSIYAVIY POTENTSIAL (lot.)
  • INSINUATSIYA
  • INSON OMILI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet316/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INNOVATSIYA JARAYONI - yangilik g‘oyasini rivojlantirishdan uning pirovard ista’molchi tomonidan ista’mol qilinishigacha bo‘lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-taxnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud yangilikni yaratish, uni o‘zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish.
    INNOVATSIYAVIY POTENTSIAL (lot.) - jahon bozori talablariga javob beruvchi fanni ko‘proq talab qiladigan mahsulotni ishlab chiqaruvchi turli xil xalq xo‘jalik tarmoqlarining quvvati. I.p. ilmiy, loyihaviy konstruktorlik ishlanmalarini, yangi ishlab chiqarishni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan eksperimental xizmatlar quvvatini, ko‘proq fan sig‘imi operatsiyalari, texnologik nazorat vositalari va h.k. ni o‘tkazish uchun vosita hamda jihozlashni o‘z ichiga oladi.
    INQIROZ - 1) taraqqiyotning orqaga qaytishi, pasayishi, tanazzuli, ragrass, tushkunlik; 2) I. tugash, bitish. I. ga uchramoq (yoki yuz tutmoq), orqaga katmoq, pasaymoq, tushkunlikka uchramoq; 3) I. ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning kasodga uchrashi natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamining kamayib ketishi. INSAYDER (inglizcha-insider) – 1) o‘z xizmat mavqeiga ko‘ra firma (korxona)ning maxfiy (konfidentsial) axborotlaridan xabardor), ish boshqaruvchisi (menejeri) va boshqa mansabdor shaxslar insayder hisoblanadi; 2) I. (ing.) — firma, korxona va h.k. ishlari to‘g‘risida o‘z xizmat holatiga ko‘ra maxfiy axborotga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.
    INSINUATSIYA — biror kishining obro‘iga putur yetkazishga qaratilgan uydirma.
    INSON – ijtimoiy tushuncha. U aql sohibi bo‘lgan kishini ifodalaydi. Fauna taraqqiyotining muayyan davrida odamlar ehtiyoji shu darajada o‘sdiki, tabiatdagi mavjud ne’matlar ular ehtiyojini qondira olmay qoldi. Muttasil o‘sib borayotgan odamlar ehtiyojlarini qondirish uchun endi yangi ne’matlarni ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Bu odamlarning mehnat qilishlari zarurligini ifodalar edi. Mehnat kishilarning iste’molga noloyiq narsalarni iste’molga loyiqlashtirish jarayoni. I. mehnat jarayonida kishilarda o‘zaro aloqa qilmoqlari uchun fikrlash, ularni so‘zlar vositasida ifodalash, uqtirish ehtiyoji paydo bo‘lgan. Odam biologik hodisa. U tirik tabiat vakili, fauna jumlasiga kiruvchi jonzotni ifodalaydi. Odam jonzotlar orasida eng rivojlangani bo‘lsada uning hayoti huddi boshqa jonzotlar kabi tabiat qonunlari orqali boshqariladi. Ammo odamda boshqa jonzotlarda uchramaydigan bir xususiyat bor unda insonga aylanish imkoniyati mavjud. Tug‘ilishida aql- zakovotga ega bo‘lmagan odam bolalari rivojlanish jarayonida aql-zakovotga ega bo‘la boradilar.
    INSON OMILI — ishlab chiqarish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha mehnatkashlarning ko‘p qirrali faoliyati. Inson ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va jonlantiradi, ularni ishlab chiqaruvchi kuchlarning elementiga aylantiradi, shu bilan bir qatorda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ayni paytda, inson ishlab chiqarish munosabatlarining va barcha ijtimoiy munosabatlarning sub’ektidir. Ko‘pgina omillar, ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida insonning o‘zi ham takomillashib boradi va ishlab chiqarishning birdan-bir maqsadi sifatida har doim bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.