|
GORIZONTAL DIVERSIFIKATSIYA (ingl. Horizontal diversification)
|
bet | 278/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GORIZONTAL DIVERSIFIKATSIYA (ingl. Horizontal diversification) — mahsulotlar portfoliosini oldindan rejalashtirish asosida kengaytirish bo‘lib, ushbu portfolioga kiruvchi mahsulotlardan har biri boshqa mahsulotlarga o‘xshash jihatlarga ega bo‘lmaydi. Shunday qilib, foto-kameralar + mobil telefonlar + tog‘ sayohati uchun oziq-ovqat savatchasi + chaqmon = bu tovarlar, bir-biriga bog‘liq va aloqador ekanligi shubhasiz. Ammo ular birgalikda ishlab chiqaruvchi uchun og‘ir zamonlar kelib qolgudek bo‘lsa, u yashab qolishi uchun kafolat sanaladi. Uzoq Sharq va Janubi-sharqiy Osiyodan bo‘lmish ayrim ishlab chiqaruvchilar televizor va avtomobillarni bitta savdo nomi ostida tayyorlaydilar. Motodikalar va elektron klavishli cholg‘u asboblarini, nusxa ko‘chiruvchi apparatlar va videokameralar ishlab chiqarishda ham bu hol uchrab turadi. Bundagi asosiy afzallik shundaki, brendning hukmron mavqei va bir mahsulot yoki bozorning shubhasiz obro‘-e’tibori boshqasiga ko‘chiriladi, xolos.
GORIZONTAL INTEGRATSIYA (ingl. Horizontal integration) — ushbu termin “gorizontal diversifikatsiya” terminiga ma’no jihatidan teskaridir. Gorizontal integratsiyada mahsulotlar va xizmatlar har qaysi darajada birgalikda guruhlanadi. Bu tadbir ham mutlaqo marketing maqsadlari yo‘lida va ko‘zlangan sotuvlar hajmiga erishishi uchun, shuningdek, korporativ brend bozorda harakatlanishi maqsadida amalga oshiriladi. Integratsiyani bir qator usullar ko‘magida amalga oshirish mumkin. Masalan, andozaviy komponentlar va detallar ishlab chiqarishda gorizontal integratsiyadan asbob- uskunaning bir qator turli-tuman modullarini yaratish maqsadida foydalanish mumkin. Gorizontal integratsiyadan ham o‘xshash, ham bir-biriga o‘xshamagan mahsulotlarni yagona brendga jamlash uchun birlashtiruvchi belgi sifatida foydalaniladi.
GORIZONTAL MARKETING (ingl. Horizontal marketing) — bitta bozorda faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik. Qo‘shma korxonalar tashkil etib, yig‘ma marketing va savdo operatsiyalarini amalga oshira borib, bunday birlashgan kompaniyalar ushbu bozorga katta ta’sir o‘tkazishi, binobarin, ushbu kompaniyalardan har biri alohida va mustaqil ish yuritganiga qaraganda ancha past narxlar va ancha sifatli xizmatlar taklif etilishi mumkin. Gorizontal marketing termini shuningdek yagona tashkilot tuzilmasida ish yuritayotgan alohida kompaniyalarga ham oiddir. Birgalikda ish yuritar ekan, bu kompaniyalar moliyaviy mablag‘larni tejashga erishadi, tovarlar yirik turkumi (partiyasi) sotilishidan foyda topadi, shuningdek, birgalikdagi qo‘shma hamkorlikdan boshqa o‘zaro foydalarni qo‘lga kiritishga erishadi.
|
| |