|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 268/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GAROVGA QO‘YISH — firmaning o‘z yeri, inshootlari yoki unga tegishli boshqa mulkni garovga qo‘yishga roziligini tasdiqlovchi va qarzni to‘lamagan holatda qo‘yilgan aktivlarni kreditorning mulki qilib olishga huquq beruvchi yuridik hujjat.
GAROVGA QO‘YILGAN OBLIGATSIYA — korporatsiyaning fizikaviy aktivlari yoki qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlovchi korporatsiyaning qarzdorlik majburiyati. G.q.o. va garov o‘rtasida faqat shaklda farq bor. G.q.o. - kompaniyaning barcha mulkiga qo‘yilgan garovning bir qismi.
GAROVXONA — garovga qo‘yilgan muayyan buyumlar evaziga ma’lum muddatga pul (mablag‘) berib turadigan muassasa. Olingan pul o‘z vaqtida qaytarilmasa garovxona qo‘yilgan buyumlarni sotishga haqli.
GAROV SHAHODATNOMASI — savdo va tijorat oparatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan mol- mulkni qarzdor tomonidan garovga qo‘yilishi haqidagi kradit hujjatidir.
GAROV SHARTNOMASI – yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan fuqaroviy bitimlarning bir turi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, bir taraf (garovga qo‘yuvchi) o‘z egaligidagi, operativ boshqaruvidagi muayyan mulkni yoki mulkiy huquqni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida ikkinchi taraf (garovga oluvchi)ga topshirishi lozim bo‘ladi. Garov shartnomasi o‘zaro bitim tuzilganligini tasdiqlash va uning bajarilishiga kafolat berish maqsadida tuziladi. Garov shartnomasiga oid qonunlar O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, ko‘chmas mulklarni va ularga bo‘lgan huquqlarni, muomalada va qayta ishlanishda bo‘lgan mahsulotlarni garovga qo‘yishga oid, shuningdek chet el yuridik va jismoniy shaxslari ishtirok etadigan garov shartnomalari notarial tasdiqlanadigan tarzda tuzilishi hamda O‘zbekiston Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari tomonidan davlat ro‘yxatiga olinishlari lozim bo‘ladi. Garov shartnomalarini davlat ro‘yxatiga olish tartiblari va shartlari Ozbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 1 fevraldagi 50-qarori bilan tasdiqlangan “Garov shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizomda belgilangan. Bunday tartibning belgilanishi davlat va boshqa yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bank kreditlari berish paytida garov shartnomalari tuzilishi keng tarqalgan.
|
| |