• FUNDIROVLANGAN ZAYOM (ing.)
  • FUNDIROVLANGAN DAROMAD (ing.)
  • FUNKSIYALAR
  • FUNT STERLING (sterling - mezonga javob beruvchi soflik darajasi)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet264/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    FUMIGATSIYA (lot.) — zararkunandalarni yo‘qotish maqsadida kema tryumlarini, port omborlarini va yuklarni kimyoviy yo‘l bilan ishlash.
    FUNDAMENTAL TADQIQOT (ing.) — sotish hajmi, asosiy vositalar, foyda, tovarlar va xizmatlar, bozorlar va boshqarish kabi ma’lumotlarga asoslangan sanoat va kompaniyalar faoliyati analizi. Iqtisodiyotda fundamental tadqiqotlarni qo‘llash IMM (Ichki milliy mahsulot)ni o‘rganishni, foiz stavkalari, ishsizlik tovar zahiralari, jamg‘armalar va h.k. o‘z ichiga oladi.
    FUNDIROVLANGAN ZAYOM (ing.) — qisqa va o‘rta muddatli zayomlarni birlashtirish natijasida hosil bo‘lgan uzoq muddatli davlat zayomlari.
    FUNDIROVLANGAN DAVLAT DAROMADI (ing.) — qisqa muddatli va o‘rta muddatli qarzlarni birlashtirish natijasida hosil bo‘lgan uzoq muddatli yoki muddatsiz davlat qarzi.
    FUNDIROVLANGAN DAROMAD (ing.) - barqaror (qat`iy) manbalardan, ya’ni yerga va boshqa ko‘chmas mulkka egalik qilishdan olinadigan daromad.
    FUNKSIONAL QIYMAT TAHLILI - har bir bajariladigan funksiyani (asosiy, yordamchi va karaksiz) qiymat jihatdan baholab, mahsulotning (ish, xizmat) samaradorligini va sifatini oshirgan holda karaksiz (disfunksiya) funksiyalarni bartaraf etish evaziga ichki xo‘jalik razarvlarini axtarib topish va korxona aylanmasiga (oborotiga) solishga qaratilgan tahlildir.
    FUNKSIYALAR – boshqa o‘zgaruvchi miqdorlarga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan miqdorlar.
    FUNT – (ingl. pound, nem. Pfundlot. Pondus -vazn, tarozi toshi, qadoq tosh) - 1. Qadimgi Rimdagi vazn va pul hisob birligi; 2. Britaniyaning mustamlakachilik hukmronligi davridagi pul birligi; 3. Misr pul birligi, 100 piastrga bo‘linadi; 4. Irlandiya pul birligi, 100 pensga bo‘linadi; 5. Suriya, Sudan, Livan pul birligi, 100 piastrga bo‘linadi.
    FUNT STERLING (sterling - mezonga javob beruvchi soflik darajasi) — Buyuk Britaniya (Angliyaning X asrda, Shotlandiyaning 1707 yilda, Irlandiyaning 1825 yildan 1927 yilga qadar) pul birligi. U X asrdan XIX asrgacha kumush tanga, XIV asrda oltin tanga, 1694 yildan boshlab banknot shaklida muomalada bo‘lgan. U 100 pensga bo‘linadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.