|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 266/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FYUCHERS KONTRAKTI — qoidalarga muvofiq o‘rnatilgan vaqt davrida kelishilgan baho bo‘yicha taqozo qilinadigan sort (marka) yoki sortlar (markalar)ga ega bo‘lgan qat’iy qayd qilingan tovar miqdorini yetishtirishga kontrakt. Unchalik ko‘p bo‘lmagan foizni istisno qilganda qariyb barcha holatdagi majburiyatlar F.k. bo‘yicha real tovarni yetkazib berish bilan emas, balki to‘lash yoki bahodagi olinadigan farq orqali bajariladi.
FYUCHERS OPARATSIYALARI – 1) birjalarda amalga oshiriladigan savdo sotiq oparatsiyalari. Bu oparatsiyalar shartnoma tuzilganidan so‘ng ishlab chiqariladigan yoki yatishtirib bariladigan mahsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan so‘ng buyurtmachi bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum summani o‘tkazib baradi; 2) F.o. ma’lum vaqt oralig‘ida (2— 3 yilgacha) operatsiyani bajarish bilan qayd qilingan baho bo‘yicha bitim tuzgan paytda hom tovarlar, oltin, valutalar, moliya va kredit ashyolarini bildiruvchi birjalardagi muddatli bitimlar. Kliring palatasi sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida vositachi hisoblanadi va majburiyatlarni bajarishni kafolatlaydi.
FYUCHERS OPTSIONI — birja bitimi turi, bunda tovar birjada keyinchalik qayta sotish maqsadi bilan sotib olinadi.
FYUCHERS POZITSIYASI — muddatli shartnoma bo‘yicha mahsulot yetkazib berish ruxsat etilgan oy.
G
GAAGA QOIDASI (Gaagskiye pravila) — kontinent bo‘yicha yuklarni tashishda kema egalari mas’uliyati hajmini aniqlovchi asosiy holatlar.
GABARIT (fr.) — yuk qo‘yadigan (buyum) joyning asosiy hajmi (uzunlik, kenglik, balandlik).
GABRID FOND QOG‘OZI — imtiyozli nokumulyativ aksiyalarga teng bo‘lgan obligatsiyalar.
GANJ — xazina, boylik. GAP (ing.) — birjaning o‘tgan kuni (davri) minimal bahosi maksimal joriy bahodan yuqori bo‘lgan tovar bahosining keskin kamayishi; yoki tovar bahosining shunday keskin oshganligidan iboratki, bunda o‘tgan kun (davr)ning maksimal bahosi joriy kunning minimal bahosidan kam bo‘ladi.
GARAJ (fr.) — 1. Nyu-York fond birjasining operatsiya zali seksiyalaridan biri; 2. “Garajga qo‘yish” — aktivlar yoki passivlarni qayergadir ko‘chirish, masalan, soliqlarni kamaytirish maqsadida boshqa kompaniyaga.
|
| |