• EKSTRAORDINAR DAROMADLAR ZARARLAR (lot.)
  • EKSTRAPOLYATSIYA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet231/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EKSTRANET (ingl. Extranet) — muayyan tashqi foydalanuvchilarga ijozat berilgan ichki tarmoq. Ekstranet tarmoqlaridan asosan ayni shu tarmoq a’zolari o‘rtasida axborot maxfiyligi va konfeditsialligini saqlashni xohlovchi turli tashkilotlar orasida olis masofadagi ishlarni bajarish va ma’lumotlar almashish uchun foydalaniladi. Bunday tarmoqlar yordamida ofislardan tashqarida ishlayotgan kompaniyalar personali o‘zaro va kompaniya bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. Marketing kommunikatsiyalarida Ekstranet tarmoqdagi reklama beruvchilar va xizmatlar yetkazib beruvchilar o‘rtasida mavjud; masalan: axborotlar almashish davriyligi va intensivligi bunday tarmoqlarni moddiy jihatdan ta’minlab turishga xarajatlarni oqlaganda matbaachilik va tadqiqotchilik tashkilotlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yiladi. Ekstranet tarmoqlari mohiyat e’tiboriga ko‘ra Internet tarmog‘iga ulangan intranet tarmoqlar bo‘lgani tufayli xakerlar va mualliflashmagan foydalanuvchilar bemalol foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun axborot muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim sanaladi.
    EKSTRAORDINAR DAROMADLAR ZARARLAR (lot.) - bir vaqtda ikkita kriteriyaga mos keluvchi kompaniyaning daromadlari va zararlari: ular korxonaning xo‘jalik faoliyati uchun noodatiy va kamdan- kam vujudga keladi. Ularga quyidagilar kiradi: tabiiy ofat oqibatida zararlar, mulkni musodara qilish, hukumatning taqiqlash chora-tadbirlari hamda kompaniya foydasiga va h.k. xayr- exson natijasida olingan daromadlar.
    EKSTRAPOLYATSIYA — iqtisodiy miqdorlar va ko‘rsatkichlarning kelgusida kutilayotgan qiymatlarini ularning o‘tgan davrlardagi o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlash.
    EKUELE - Ekvator Gvineyasining100 sentimoga teng pul birligi.
    EKYU (frans. esi - oltin tangada tasviri tushirilgan ramzli qalqon) - 1. Yevropa valuta tizimiga asos bo‘lib, 1979 yilda muomalaga kiritilgan pul birligi. Bu valutaning qiymati hamda uning boshqa valutalarga nisbatan kursi Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarning valuta to‘plamiga qarab belgilanadi; EKYUning nemis markasiga nisbatan kursi taxminan ikki markaga teng. Maastrixt shartnomasining qaroriga ko‘ra EKYU keyinchalik to‘la mustaqil valuta bo‘ladi; 2. XIII asrdan zarb etila boshlagan qadimgi fransuz oltin yoki kumush tangasi. U 1834 yilda muomaladan chiqarib olingan, lekin uning nomi besh frankli tangada saqlanib qolgan.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.