• EKSPORTNAYA DETAKSIYA
  • EKSPORTNI KREDITLASH
  • EKSPOZE (fr.)
  • EKSPORTGA YO‘NALTIRILGAN IQTISODIY RIVOJLANISH MODELI




    Download 0,64 Mb.
    bet229/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EKSPORTGA YO‘NALTIRILGAN IQTISODIY RIVOJLANISH MODELI — milliy iqtisodiyotning ustun darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish modeli.
    EKSPORTGA YO‘NALTIRILGAN SIYOSAT — ayrim tovarlarni tashqi bozorga chiqarish uchun ushbu tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish (Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlari).
    EKSPORTNAYA DETAKSIYA — tashqi bozorga chiqarish uchun tayinlangan mahsulotdan olinadigan soliqni kamaytirish yoki butunlay bekor qilish.
    EKSPORTNI DIVERSIFIKATSIYALASH — eksport uchun tayinlangan mahsulot va xizmat turlari va nomlari miqdorini ko‘paytirish.
    EKSPORTNI IXTIYORIY CHEKLASH — rasmiy davlatlararo yoki tovar eksportiga norasmiy kvota belgilash to‘g‘risida savdodagi hamkor tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik to‘g‘risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan cheklash.
    EKSPORTNI KREDITLASH - tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi bo‘lib, davlat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun moliyaviy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. EKSPORTNI
    RAG‘BATLANTIRISH — milliy eksportyor — korxonalarni mukofotlash.
    EKSPORTYOR (fr.) — eksport bilan shug‘ullanuvchi shaxs yoki muassasa.
    EKSPORTYORNI KAFOLATLASH RISKI - eksport operatsiyalar bo‘yicha zararlardan turli xildagi sug‘urta; ixtisoslashtirilgan davlat yoki xususiy muassasalar, ko‘pincha banklar tomonidan beriladi. Sug‘urta holati yuzaga kelganda bank keltirilgan zararni qoplash uchun ma’lum summani to‘laydi.
    EKSPOZE (fr.) — 1. Qandaydir hujjatni qisqacha izohlash yoki undan ko‘chirma olish; 2. Ayrim Yevropa mamlakatlari parlament amaliyotidagi joriy siyosat masalalari bo‘yicha bosh vazir yoki vazirning qisqacha axboroti.
    EKSPOZITSIYA, AUDITORIYA KO‘LAMI — o‘quvchilar, tomoshabinlar va tinglovchilar reklama, muharrir va boshqa axborotlarni ko‘rish va tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladigan vaqt pallasi. Masalan, Buyuk Britaniyada Radio eshittiruvlar bo‘yicha boshqarma auditoriya ko‘lamini o‘lchash uchun bir qator standartlarga egadir, jumladan: • Bir haftalik qamrov ko‘lami — Buyuk Britaniya/muayyan mintaqa katta yoshdagi aholisi orasidan hech bo‘lmaganda eng kamida bir haftada o‘rtacha besh minut davomida aynan ushbu radiostansiyani tinglovchilarning ming kishi yoki foizlardagi ko‘rsatkichi; • Soatlar o‘rtacha miqdori — bir hafta davomida aynan ushbu radiostansiya tinglanadigan soatlar umumiy miqdori: • har bir tinglovchi, Buyuk Britaniya/ aynan shu mintaqa katta yoshdagi tinglovchilari butun auditoriyasi; • butun Buyuk Britaniya/aynan shu mintaqa bo‘yicha bir haftada o‘rtacha kamida besh minut ushbu radiostansiyani tinglovchilar orasidan har bir tinglovchi bo‘yicha; • Soatlar umumiy miqdori — Buyuk Britaniya/aynan shu mintaqada bir haftada ushbu radiostansiyani tinglovchi katta yoshdagi auditoriya tinglash soatlarining umumiy miqdori; • Tinglash hissasi - Buyuk Britaniya/ aynan shu mintaqa bo‘yicha o‘rtacha hafta davomida mazkur stansiya uchun mo‘ljallangan tinglash umumiy vaqtining foizdagi ko‘rsatkichi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    EKSPORTGA YO‘NALTIRILGAN IQTISODIY RIVOJLANISH MODELI

    Download 0,64 Mb.