• EKSPORT FOND
  • EKSPORT-IMPORT YUKLARNI SUG‘URTALASH
  • EKSPORT KAPITAL
  • EKSPORT KVOTA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet225/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EKSPORT FAKTORINGI — tashqi savdodagi kredit va valuta tavakkalchiliklarini kafolatlashdan iborat faktoring operatsiyalari.
    EKSPORT FAOLIYATIGA DAVLATNING YORDAMI — milliy ishlab chiqaruvchilar eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha davlatning chora-tadbirlari tizimi. E.f.d.y. maqsadi: eksport tarmoqlari mahsuloti va ayrim xo‘jalik birliklari raqobatbardoshligini oshirish; chet elda milliy kompaniyalar investitsiyalarining o‘sishiga yordam ko‘rsatish; jahon bozoridagi faoliyat uchun milliy korxonalarga davlatlararo darajada xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzish orqali qulay sharoitlar yaratish, xalqaro ishlab chiqarish korporatsiyasini rivojlantirish; eksportyor — firmalarni ichki soliqlar to‘lashdan qisman yoki to‘la ozod qilish yoki ularga soliq imtiyozlari berish.
    EKSPORT FOND — eksportga qo‘yish uchun ajratilgan tovar resurslarining ma’lum qismi. Korxona, tarmoq, region, respublika va mamlakat darajasida tashkil bo‘lishi mumkin.
    EKSPORT-IMPORT BANKI - xorijga mahsulot chiqarish va xorijdan mahsulot keltirishni mablag‘lar bilan ta’minlovchi bank.
    EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARIDA “YAGONA OYNA” MEXANIZMI - TIFni tartibga soluvchi davlat organlariga hujjatlarni taqdim etilishini soddalashtirish va samaradorligini oshirish nafaqat TIF qatnashchilariga, balki faoliyatning ushbu turini nazorat qilish jarayonida qatnashuvchi davlat organlariga ham qulaylik tug‘diradi, budjet mablag‘larining tejalishiga va inson resurslaridan samarali foydalanilishiga qulay shart-sharoitlar yaratadi.
    EKSPORT-IMPORT YUKLARNI SUG‘URTALASH - yuklarni transportirovka qilish jarayonida vujudga keluvchi nobud bo‘lgan zararlarni qoplash uchun vosita.
    EKSPORT-IMPORTNI KVOTALASHTIRISH - ayrim tovarlar va xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo‘yicha ma’lum muddatga joriy etilgan import va eksportning miqdor va qiymat jihatdan cheklanishlari. Davlat tomonidan eksport-import operatsiyalarini tartibga solishning notarif vositasi.
    EKSPORT KAPITAL — muntazam foyda olish huquqini beruvchi, chet el mulkini yoki majburiyatlarning boshqa shaklini tuzishga olib keluvchi pul yoki tovar shaklida, xizmatlar sohasi orqali (sh.j. patentlar, litsenziyalar, “Nou-xau”) chet elda kapitalni joylashtirish. E.k. rivojlangan bozor xo‘jaligi sharoitlarida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bosh shakllaridan biri hisoblanadi. E.k. asosan ikki shaklda, ya’ni unumli va ssuda kapitallari shaklida amalga oshiriladi.
    EKSPORT KVOTA — eksportga tovarlar taklifini cheklash va eksport baholarning yoki eksportdan daromadlarning kamayishini bartaraf etuvchi usul. Ayrim holatlarda eksportni kvotalashtirish ichki bozorda tovar bahosining haddan tashqari oshib ketmasligi uchun mamlakat ichida tovar taklifini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.