• DOLLAR YETISHMOVCHILIGI
  • DOMINION (ingl. dominion — mulk, hokimiyat)
  • DOMITSIRLANGAN VEKSEL (lot., nem.)
  • DOSMOTR
  • DOTATSIYA (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet217/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DOLLAR STANDARTI — oltin deviz standartining turli xili bo‘lib, bunda bitta milliy valuta (AQSh dollari) oltin bilan bog‘liq bo‘ladi. AQShning jahon iqtisodiyotida hukmron mavqeni egallashi D.s. ob’ektiv shart-sharoiti hisoblanadi. Oltin qo‘yilmalarni dollarga sotishning to‘xtatilishi (1971 y., avgust) D.s. bekor qilinishiga olib keldi.
    DOLLAR YETISHMOVCHILIGI — to‘lov balansi tanqisligi va oltin valuta rezervlarining yetishmasligi bilan taqozo etiladigan dollarlarning keskin yetishmasligi.
    DOLLARIZATSIYA - ichki pul muomalasida dollardan yoki boshqa ayirboshlanadigan valutadan keng miqyosda foydalanish.
    DOMINION (ingl. dominion — mulk, hokimiyat) — Britaniya imperiyasi tarkibida bo‘lgan, ingliz qirolini o‘z rahbari deb e’tirof etuvchi davlat (1867-yildan Kanada, 1901- yildan Avstraliya ittifoqi, 1907-yildan Yangi Zelandiya va boshqa).
    DOMITSILIY (lot.) — veksel bo‘yicha to‘lov joyi.
    DOMITSIMIY – 1) kreditorga berish paytida veksel bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladigan joy; 2) shaxsning yuridik manzili.
    DOMITSIRLANGAN VEKSEL (lot., nem.) - veksel egasining turar joyiga qaraganda to‘lash joyi boshqacha belgilangan veksel.
    DONOR-MAMLAKAT (lot.) — yordam beruvchi davlat. DOSE (fr.) — qandaydir masalaga, ishga, shaxsga tegishli hujjatlar hamda shunday hujjatlar solingan papka.
    DOSMOTR — tashish man etilgan buyumlar va buyumlarni aniqlash uchun havo kemalarida qo‘l bagaji va passajirlarni tekshirish.
    DOSMOTROVAYA ROSPIS — (IMZOLARNI RUZATIB BORISH) yukni bojxona tomonidan tekshirish faktini tasdiqlash uchun bojxona tomonidan beriladigan hujjat.
    DOTATSIYA (lot.) – 1) D. — davlat budjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag‘lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog`liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin; 2) tashkilot, korxonalarga davlat tomonidan bariladigan yordam puli, moddiy yordam, qo‘shimcha to‘lov. Asosan zararni qoplash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. 3) ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmat uchun belgilangan baho uning tannarxidan past bo‘lganda ko‘riladigan zarar o‘rnini qoplash uchun budjet hisobidan beriladigan nafaqa. Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borilishi bilan korxonalarga dotatsiya berish tobora qisqarib boraveradi; 4) oshirilgan xarajatlarni, nobudgarchilikni qoplash, zarar ko‘rgan korxonalarga foyda olishlikni ta’minlash, baholar farqini qoplash (ulgurji va chakana baholar o‘rtasidagi) va h.k. maqsadida bepul moliyaviy yordam. Ma’muriy boshqariladigan iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning ajralmas elementi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida D. ning hajmlari va yo‘nalishi keskin kamayadi va o‘z xarajatini daromadi hisobidan qoplash asosida bozor mexanizmi bilan samarali tartibga solish mumkin bo‘lmagan yoki ekologik muammolarni yechish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar bilan qat’iy cheklanadi. Davlat dotatsiyasi va imtiyozlar tuzilmasi balansligini ta’minlash uchun bozorga yordam qilishni amalga oshirishga yo‘naltirilishi mumkin. Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini moliyalashtirish asosida faoliyat qilganligi uchun unda davlat D. xissasi nisbatan katta bo‘lmaydi; 5) D. – bu iqtsodiyotga budjet orqali ta’sir etish vositalaridan biri bo‘lib, qaytarib bermaslik sharti bilan mablag‘ ajratishidir; 6) D. beminnat mablag‘ katta chiqimning, zararning o‘rnini qoplash, zarar keltiruvchi korxonalarning foydaliligini ta’minilash, narx-navo farqlarini to‘lash (ulgurji va chakana narxlar o‘rtasidagi farqlar) va h.k. maqsadida ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam; 7) D. qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan davlat mablag‘lari. Budjet dotatsiyasida yuqori budjet tashkilotlarining quyi budjet tashkilotlariga ularning xarajatlari daromadlaridan ortib ketgan holatlarda va alohida korxona, muassasa va tashkilotlarga xo‘jalik faoliyatlaridagi rejali zararlarni qoplash uchun beriladigan mablag‘lar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.