|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 213/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DISPLEY (ingl. Display) — marketingda, odatda, odamlar gavjum ko‘chalarda, savdo- sotiq inshootlarida, ko‘rgazma zallarida yoki peshtaxtalarning eng ko‘rinarli joylarida tovarlar yoki xizmatlar reklamasini namoyish etish uchun foydalaniladi. Reklama agentliklari uning yordamida ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
DISPONENT (lot.) — 1) firma ishlari bo‘yicha vakil, buyruq beruvchi boshqaruvchi; 2) Komissionerlar yoki bank korrespondentlari hisoblarida erkin summaga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
DISPONIRLASH (lot.) — bank korrespondentlari yoki komissionerlar hisoblaridagi bo‘shab qolgan summalarni boshqarish.
DISPROPORTSIYA (lot.) — ayrim qismlardagi nomutanosiblik mos kelmaslik proportsionallikning yo‘qligi. DIST – qimmatli qog‘ozlar bahosini aks ettiruvchi tiker tasmasida ko‘rsatilgan aksiyalar sotuvi haqidagi ma’lumotlar.
DISTANTSION FRAXT (lot.) — yuk tashish masofasiga proporsional ravishda to‘lanadigan yuk haqi.
DISTRIBYUTER – 1. O‘z jamg‘armasiga ega bo‘lgan, o‘zi sotib olish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil firma yoki yirik firmaning xorijiy davlatdagi yagona vakili. 2. Distribyutor turli firma va do‘konlarga, shuningdek so‘nggi iste’molchi sifatidagi sanoat korxonalari, kooperativlar, ustaxonalarga chakana narxlarda sotish maqsadida mahsulotlar sotib oluvchi mustaqil ulgurji o‘rtachi. Shu bilan birga u mahsulot sotish va ishlab chiqarish iste’moliga tayyorlashda ham xizmatlar ko‘rsatadi.
DISTRIBYUTERLAR (ing.) — kelishilgan hudud (bozor) doirasida ma’lum tovarlar (xizmatlar)ni sotish yoki qayta sotishga alohida va ustunlik huquqi berilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar.
DISTRIBYUTER XIZMATLARI (lot.) — uskunalar va nou-xauni sotib olishga hamda uskunalarni o‘rnatish va tuzatish, foydalanuvchilarni o‘qitish va konsultatsiya xizmatlarini beradigan marketing va vositachilar xizmatlari kompleksi.
DISTRINCHAS (lot.) — agarda qandaydir shaxs tomonidan qimmatli qog‘ozlarga da’vo qilingan bo‘lsa, ushbu qimmatli qog‘ozlarni sud tomonidan xatga olish yoki shu bo‘yicha dividendlar to‘lash.
|
| |