• DINIY TASHKILOTLAR MULKI
  • DIPLOMATIK IMMUNITET (fr., lot.)
  • DIRAKT-KOSTING HISOB TIZIMI
  • DIREKTIVALAR
  • DIREKTOR (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet209/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DINAMIK SAMARADORLIK — yangiliklarni va texnologik o‘zgarishlarni joriy etish hisobiga iste’mol talabini qondirish darajasini ko‘paytirishda iqtisodiyotning quvvati.
    DINAMITCHIK (grek.) —ishonchsiz tovarlarni yoki qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi serg‘ayrat savdogar.
    DINAR (rim denariysidan kelib chiqqan) — Afrika, Yaqin Sharq va Arab mamlakatlari pul birligi.
    DINIY TASHKILOTLAR MULKI — dindorlar tashabbusi bilan vujudga kelgan tashkilotlarning mol-mulki.
    DIOGONAL SPRED — ham vertikal, ham gorizontal spredlarni o‘z ichiga olgan bitim turi.
    DIPLOMATIK AKT (lot., fr.) — bir davlatning tashqi aloqalar organlari tomonidan boshqa davlatning tashqi aloqalar organlariga topshiriladigan yoki yuboriladigan xat matni. Nota, memorandum, rasmiy xat, esdalik xati eng ko‘p tarqalgan D.a. hisoblanadi.
    DIPLOMATIK IMMUNITET (fr., lot.) — chet el davlatlari diplomatik vakillariga beriladigan imtiyoz: shaxs, xizmat binolari, uy- joy va mulkning daxlsizligi, davlat sudlari tomonidan sud qilinishi mumkin emasligi, soliqlardan, bojxona tekshirishidan ozod etish. Shunday D.i. asoslari 1961 yili Vena Konventsiyasi nizomida va xalqaro qonunlar tomonidan mustahkamlangan.
    DIRAKT-KOSTING HISOB TIZIMI – korxona xarajatlarini ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq holda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lishga asoslangan tannarx hisoblash tizimi.
    DIREKT MEYL (ing.) — reklamaning jamoa vositasi, bevosita pochta reklamasi, aniq potentsial sotib oluvchilarga reklama materiallarini jo‘natish metodlari.
    DIREKTIVA — Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar mintaqada shunday ataladi. Odatda unta direktiva talablarini qanoatlantirish uchun qo‘llanishi zarur bo‘lgan protseduraning o‘zi hamda kutilayotgan natijalar va mazkur direktiva amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vaqt davri kiradi. Yevropa Ittifoqining mashhur, ehtimolli, latifabop direktivalaridan biri bodring yetishtirish va realizatsiya qilishga oid direktivasi bo‘lgan edi. Ana shu direktiva qoidalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hududida sotilishi kerak bo‘lgan bodringlar egri-bugri emas, balki to‘ppa-to‘g‘ri shaklda bo‘lishi talab etilgan edi. Qanday qilib to‘ppa-to‘g‘ri bodringlar yetishtirishni, egri- bugrilarni nima qilishni esa, tabiiyki, direktiva izohlab o‘tirmaydi!
    DIREKTIVALAR — marketing sohasida qo‘llanuvchi huquqiy hujjatlar, qonunchilik hujjatlari, farmonlar va qarorlar yig‘indisi, tabiiyki, muntazam o‘zgaradi, ko‘payadi, tuzatiladi va to‘ldiriladi. Shuningdek, mahalliy qonunchilik hujjatlari va munitsipal hokimiyat farmoyishlarini inobatga olish kerak bo‘ladi. Kontraktlar, sansolarlik va ehtiyotsizlik faktlarini aniqlash, da’volar va shikoyatlar berish protseduralari, intellektual mulk bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ham vaqti- vaqti bilan tekshirish va ularga qat’iy rioya etish lozim. Shuning uchun ham, masalan, Buyuk Britaniya Reklama standartlari boshqarmasi tashkilotlar ularning barcha xatti-harakatlari qonuniy bo‘lishi uchun bor mas’uliyatni zimmasiga oladi deb xabar qiladi.
    DIREKTOR (lot.) — korxona rahbari. U o‘z kompententsiyasi doirasida va mavjud korxona nizomiga mos ravishda unga ishonilgan korxonani boshqaradi. D. unga ishonilgan korxona kreditlarini boshqaruvchi hisoblanadi, pul hujjatlariga birinchi imzo chekish huquqidan foydalanadi, ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi. Fuqarolik yuridik munosabatlarda D. mavjud yuridik shaxs nomidan uning organi sifatida chiqadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.