• DISKONTIRLASH
  • DISKONTLASHGAN PUL OQIMLARI (DPO)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet211/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DISKONT FIRMASI — qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha mijozlarga operatsiya xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi firma.
    DISKONT OBLIGATSIYA (ing., lot.) — qoidaga ko‘ra ikkilamchi bozorda nominaldan past baho bo‘yicha sotiladigan obligatsiya.
    DISKONT SIYOSATI – 1) banklar tomonidan kredit berish, va veksellarni hisobga olish paytida olinadigan foizlarning davlat tomonidan tartibga solinishi. Davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, pul-kredit munosabatlarini tartibga solishning muayyan davrdagi xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi; 2) ssuda kapitallari talab va taklifiga ta’sir etish maqsadida erkin konvertirlanadigan valuta bilan markaziy emission banklari tomonidan o‘tkaziladigan hisobot stavkasining oshishi yoki kamayish siyosati; to‘lov balansi holati va valuta kurslari, kredit uchun foiz stavkalarini o‘zgartirish yo‘li bilan valuta kursini, kapitallar harakati va to‘lov balansini tartibga solishga yo‘naltirilgan valuta siyosati shakli.
    DISKONTIRLASH — amal qiluvchi foiz me’yorida ma’lum muddatdan keyin uning yordamida bugungi analog summasi to‘lanadigan protsedura.
    DISKONTIRLASH (ing.) — investitsiya dasturlarini baholash va tanlashda qo‘llaniladigan usul.
    DISKONTLANGAN QIYMAT - vaqtga ko‘ra taqqoslanadigan o‘lchamlarga keltirilgan turli yillardagi qiymat.
    DISKONTLASH USULI - (noan’anaviy usul) pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga teng emasligi bois paydo bo‘ldi (iste’mol qiymati bo‘yicha). Diskontlash murakkab foizlarning teskari hisoblanish jarayoni hisoblanadi. Diskontlash kelgusi pul mablag‘lari qiymatlarini joriy vaqt qiymatiga keltirish bilan baholashdir.
    DISKONTLASHGAN PUL OQIMLARI (DPO) – pulning vaqt qiymati (time value of money)ni inobatga olib, investitsiyadan kelajakda kutilayotgan pul oqimlarini diskontlashtirishga aytiladi. Diskontlashtirish darajasi (Opportunity cost of capital) mavjud jadvallar asosida muqobil variantlarni tanlashda foydalaniladi. DPO hisoblash usulini qo‘llashning davlat sektoriga ijobiy ta’sirini quyidagicha baholash mumkin:
    · Loyiha foydasini NPV (Net Present Value) si va plyus;
    · Ijobiy tashqi ta’sirlarning NPVsi.
    Xarajatlarni baholash esa:
    · Loyiha xarajatlari NPVsi va plyus;
    · Salbiy tashqi ta’sirlarning NPVsi. Ushbu raqamlarning NPVsi davlat sektori diskont darajasi orqali hisoblanadi (DSDD). Har qanday investitsion loyihada NPV ijobiy bo‘lsa, bunday investitsiya iqtisodiy asoslangan hisoblanadi. Davlat sektori diskont darajasi sifatida “risk bo‘lmagan” darajadan foydalanish va unga loyihani riskini aks ettiruvchi tuzatishni qo‘shish mumkin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: · Barcha turdagi davlat sektor loyihalariga qo‘shiladigan jenerik tuzatish darajasidan foydalanish (odatda, xususiy sektor loyihalari bilan solishtirib bo‘lmaydigan holatlarda foydalaniladigan); yoki · Ma’lum sohalar uchun qo‘llaniladigan standard risk tuzatishidan xarajatlarining mo‘ljaldan ortib ketishi yoki muddatning cho‘zilishi kabi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan yo‘l qurilish loyihalarida
    DSDD yuqori darajasidan foydalaniladi; yoki · Loyihaning o‘ziga xos riskini o‘zida aks ettiruvchi risk tuzatishlaridan foydalaniladi (Irlandiya va Gollandiya davlatlarida).

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.