|
DILER UCHUN YORDAMCHI MATERIALLAR
|
bet | 208/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DILER UCHUN YORDAMCHI MATERIALLAR — ishlab chiqaruvchilar tomonidan chakana sotuvchilarga ular xaridorlar va tashrif buyuruvchilarni chakana savdo nuqtalarida xarid qilishlariga ishontirishi uchun havola etadigan keng ko‘lamdagi, odatda, bosma reklama mahsulotlar turkumi. Bannerlar, broshyuralar, reklama savatchalari, varaqalar uchun taglamalar, peshtaxtalar uchun mobayllar, posterlar, latbrekenlar, reklama kartochkalari, simli savatlar va qafaslar (lift kabinalari) ana shular sirasiga kiradi. Arzon yordamchi materiallar odatda tekin havola etiladi. Ba’zida chakana sotuvchilardan materiallar tayyorlash uchun sarflangan qiymatning bir qismini to‘lab qo‘yish iltimos qilinadi. Savdo zallarida namoyish qilish uchun mo‘ljallangan reklama videomateriallari avtomobillar, mebellar, oshxona asbob- uskunalari va boshqa qimmatbaho mahsulotlari sotishda juda keng tarqalgan.
DILER CHEGIRMALARI (ing.) — dilerlar sotish va servis xarajatlarini qoplash, ularga beriladigan chegirmalar, bu ularga ma’lum foyda hajmini ta’minlaydi. D.ch. hajmi tovar turi va vositachilik xizmatlari hajmiga bog‘liq bo‘ladi va 30 foizga yetishi mumkin.
DILARLAR BOZORI — bunda sotuvchilar sotuvga tushadigan qimmatli qog‘ozlarning narxini ochiqdan-ochiq e’lon qiladilar. Shu sababli xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ochiq raqobat yuz barmaydi. O‘z navbatida dilarlar bozorida qimmatli qog‘ozlarni taklif qilishning quyidagi xillari asosida ham tashkil qilish mumkin: chaklangan (masalan, naqd pulga sotish uchun bir nachta muayyan joyni balgilash); taqsimlangan (invastorlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov turlari bo‘yicha bozor joylaridan tarqalgan tarmoqlar tashkil etish); uzaytirilgan (masalan, tijorat yoki jamg‘arma banklarning filial tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarning turli xillarini har doim taklif qilish tashkil etiladi).
DILING (ing.) — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi.
DIMAYZ-CHARTER (ing.) — ekipaj ish haqini ham qo‘shib kema bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z bo‘yniga oluvchi va kema egasi bilan har oyda hisob-kitob qiluvchi, uning a’zolari yollovchining xizmatkoriga aylangan kema egasi komanda bilan birgalikda kelishilgan muddatga uni yollagan kishiga bergandagi kema yollash shartnomasi.
|
| |