|
DIFFERENSIAL NARX TAYINLASH (ingl. Differential pricing)
|
bet | 206/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DIFFERENSIAL NARX TAYINLASH (ingl. Differential pricing) — narx belgilash uslubi bo‘lib, unga ko‘ra bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli guruhlariga har xil narxlarda sotiladi. Ofis jihozlari yetkazib berish bo‘yicha keng tanilgan xalqaro kompaniya bo‘lmish Viking diferensial narx qo‘yish metodidan juda samarali foydalanmoqda. Kompaniya mijozlari o‘z xaridlarini qanday oraliqda amalga oshirishi va ular qimmat yoki arzon tovarlarni sotib olish- olmasligiga qarab tasniflanadi. Internet, shuningdek, turli kataloglardan foydalangan holda Viking kompaniyasi o‘z mijozlarini ular amalga oshirgan xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida nazorat qilib turish va tovarga optimal narx qo‘yish imkoniyatiga eta bo‘ladi.
DIFFERENTSIAL RENTA (lot.) — 1) resurslar ularning unumdorligi bo‘yicha muayyan tartibga solinadigan eng yuqori tadbirlar vaziyatidagi resurslar birligini foydalanish hisobidan olinadigan renta; 2) yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
DIFFERENTSIAL RENTA I – 1) tuproqning tabiiy hosildorligiga va yer uchastkasining joylashuviga qarab olinadigan rentadir; 2) yerlarning tabiiy unumdorligidan farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
DIFFERENTSIAL RENTA II – 1) tuproqning iqtisodiy hosildorligi natijasida yerga qo‘shimcha mablag‘ sarflab, unga ishlov berish orqali hosildorligini oshirish natijasida olingan rentadir; 2) yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad; 3) 2-differensial yer rentasi yer maydonlari iqtisodiy unumdorligini oshirish imkoniyati tufayli vujudga keladigan ustama foyda.
DIFFERENTSIYA (lot.) — 1. Birjada fyuchers bitimi tuzilgan kundagi hisob bahosi va keyingi hisob baholari o‘rtasidagi farq. D. agarda kontrakt joriy hisob baho bo‘yicha tugatilgan bo‘lsa, foyda va zararni ko‘rsatadi. D. ayni paytda marj hajmini ham aniqlaydi; 2. Fyuchers tugatilgandagi foyda yoki zarar.
|
| |