• DEVALORIZATSIYA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet203/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DERIVATIVLAR — biron-bir moliyaviy dastakning hosilaviy shakli.
    DETENSHEN (nem.) — kemani yollovchi tomonidan kema egasiga kontrostal vaqtdan oshiq kemaning to‘xtab qolganligi uchun isbotlangan haqiqiy zararlarni qoplashni to‘lash.
    DETERMINIZM - moddiy va ruhiy olamdagi barcha hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi va muayyan qonuniyatga bo‘ysunishi haqidagi materialistik ta’limot.
    DETEZAVRATSIYA – oltin tanga va yombilarning xazina sifatida to‘planishini to‘xtatish. Bu yerda yombi qazib olingan qimmatbaho tosh bilan birgalikda chiqadigan jismlar yig`indisi.
    DEVALORIZATSIYA – davlat amalga oshiradigan tadbirlar yordamida mahsulot narxini yoki qimmatli qog‘ozlar kursini tushirish.
    DAVALVATSIYA (nem.) – 1) (lat.da-old qo‘shimcha, bu o‘rinda pasaymoq ma’nosida va lat. Valeo qiymat) mamlakat savdo to‘lov balansining kaskin yomonlashuvi, valuta razarvining holdan toyishi, xalqaro valuta bozorida milliy valuta kursining pasayishi bilan bog‘liq holda milliy pul birligi qiymatining rasmiy ravishda pasaytirilishi; 2) D. qonuniy tartibda amalga oshiriladigan boshqa mamlakatlar valutasiga nisbatan mamlakatning pul birligidagi rasmiy oltin mazmunining kamayishi yoki uning kursining pasayishi; qonuniy tartibda milliy valuta rasmiy kursining chet el valutasi yoki xalqaro hisob raqami birligiga nisbatan tushishi. D. sabablari inflyatsiya, to‘lov balanslarining tanqisligi va h.k. hisoblanadi. Milliy valutaning qiymati 70-yilgacha mamlakat pul birligining oltin mazmuni bilan aniqlanar edi, keyinroq erkin konvertirlanadigan valutaning rasmiy kursi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Bozor uchun kurash keskinlashgan sharoitlarda D. eksportni rag‘batlantirish manfaatlari va to‘lov balansini yaxshilash uchun rasmiy kursni yetakchi valutalar bozor kursi bilan vaqtinchalik muvofiqlashtirish orqali importni qisqartiradi. Ammo “suzuvchi” valutalar kursi tartibiga o‘tish to‘lov balansi tanqisligini kamaytirish valutalari sifatida D. amal qilishni yuqori darajada pasaytirdi. Chunki xalqaro hisob- kitoblarda qo‘llanilayotgan valutalar kursining keskin davriy o‘zgarishlari qo‘shimcha D. samarasini neytrallashtiradi; 3) D. – boshqa mamlakatlar valutasiga nisbatan milliy yoki xalqaro pul birligi kursining pasayishi; 4) D. milliy valuta pul birligi rasmiy kursini xalqaro valuta birliklariga (AQSh dollari yoki Yevroga) nisbatan tushirish. Devalvatsiyada pul birligi kursi inflyatsiya suratlariga qarab pasaytiriladi va milliy valutaning yangi rasmiy kursi joriy qilinadi. Bunda devalvatsiya muomaladagi tovar bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul miqdorini muomaladan olish yoki qadrsizlangan pulni almashtirish orqali milliy valutani mustahkamlash choralaridan biri hisoblanadi; 5) D. oltin paritetini o‘zgartirish yo‘li bilan davlatning qonunchilik asosida pul birligi metall mazmunini kamaytirish yoki bir mamlakat valutasi kursini boshqa mamlakat valutasi kursiga nisbatan pasaytirishi; 6) D. milliy valuta kursining kamaytirilishiga qaratilgan tadbir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.